Erta qarishga sabab bo’luvchi zararli odatlar

Uyquga to’ymaslik natijasida tananing himoya kuchi susayadi va turli xil kasalliklar kelib chiqadi; modda almashinuv jarayoni (metabolizm) sekinlashadi, ishtaha esa oshadi – ortiqcha vazn kelib chiqadi; miya faoliyati yomonlashadi, ko’z tagi qorayadi, teri tonusini yo’qotadi.

Yoshingizga nisbatan katta ko’rinmaslik va o’zingizni yaxshi his qilishingiz uchun bir kech-kunduzda kamida 7 soat uxlashingiz kerak. Uyquning nafaqat sifati, balki qaysi vaqtda uxlashga yotishingiz ham muhim. Agarda siz kechasi bilan bedor bo’lib, tongga yaqin uxlab, kunduz kuni esa 12 da uyg’onsangiz, hech qanday natijga erishmaysiz. Uyqu uchun eng qulay vaqt – 22:00-23:00.
Ko’pchilik odamlar ichimlikni naycha orqali ichishni yoqtiradi, biroq bu odat og’iz atrofida mayda ajinlarni keltirib chiqaradi, ularni keyin ketkazishning ilojisi yo’q. Hamisha og’izda nimanidir chaynab yurish odati ham og’iz sohasidagi teriga salbiy ta’sir ko’rsatadi va ajinlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Nimanidir chaynash yoki haddan ortiq yeyishga bo’lgan ehtiyoj asab kasalliklariga bog’liqdir. Shuning uchun og’zingizga biror nimani solishning o’rniga asabni tinchlantiruvchi narsalar bilan shug’ullaning, masalan, meditatsiya.

Ma’lumotlarga qaraganda, 60%-75% odamlar noto’g’ri ovqatlanadilar, ularning ratsionida meva va sabzavotlar yetishmaydi, ayniqsa yilning sovuq davrida. Zero, meva va sabzavotlar qarishga qarshi kurashuvchi antioksidantlarga boydir.

Ayollar go’zalliklari va salomatliklarini yo’qotmasliklari uchun bir kunda 5 portsiya meva va sabzavot iste’mol qilishlari kerak. Shirinliklardan esa voz kechish lozim, chunki ortiqcha shakar terining tarangligi uchun javob beruvchi kollagen moddasi parchalab yuboradi.
Bu va boshqa zararli odatlardan voz kechsangiz erta qarishning oldini olgan bo’lasiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.