Dunyoning eng sirli mamlakatining birinchi xonimi haqida bilasizmi?

Uning qanday inson ekanligini bor-yo’g’i bir nechta suratga qarab bilishingiz mumkin, sabab u boshqa o’lkalarning birinchi xonimlari kabi omma qarshisiga tez-tez chiqmaydi, yangiliklar qatorida uning nomi hech qachon ko’zga tashlanmaydi. Ammo shunga qaramay sirli xonim haqidagi bir nechta ma’lumotlaрni izlab topishning imkoni bor.

Shimoliy Koreyaning birinchi xonimi Chxondjin shahrida, shifokor va o’qituvchilar oilasida tavallud topgan. Uning tug’ilgan yili 1985 yildan 1989 yilgacha bo’lishi mumkin deb tahmin qilinadi. Demak bundan hulosa qilish mumkinki, Li Sol Chjuning yoshi tahminan 28-33 da.

Li Sol Chju Shimoliy Koreya rahbariga turmushga chiqishdan avval KXDRning Pxenyandagi Kim Ir Sen nomli universitetida tahsil olgan. 2005 yili esa Osiyo chempionati o’yinlari doirasida yengil atletikachi sportchilar tarkibida Janubiy Koreyaga tashriq buyurgan.

Li Sol Chju xonandalik va musiqa bilan qiziqqan va bir muddat davomida Xitoyda vokal bo’yicha tahsil olgna. Uning bo’lg’usi umr yo’ldoshi Kim Chen In ham qizni birinchi marta u ishtirok etayotgan “Inxasu” davlat orkestri chiqishi paytidagi translyatsiyada ko’rib kolgan.

Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashlaricha, Li Sol Chju Shimoliy Koreya rahbariga ikki qiz farzandni taqdim etgan (tahminan 2010 va 2013 yillarda). 2017 yilning fevral oyida esa ushbu mashhur oilada o’g’il farzand dunyoga kelgan. Janubiy Korya razvedkasi ma’lumotlariga ko’ra uchinchi bor farzand dunyoga keltirish ayolning shaxsiy xohishi emas, erining buyrug’idir – zero mamlakatga yagona bo’lsa-da merosxo’r zarur edi.

Li Sol Chju Shimoliy Koreya birinchi xonimlari orasida o’z tashqi ko’rinishini keskin ravishda o’zgaрtirgan va sochlarini kalta ko’rinishda kesib tashlagan ilk ayoldir. Zotan unga qadar mamlakat rahbarlarining rafiqalari hamisha uzun soch bilan yurishgan. Bundan tashqari, ayolda g’arb brendlariga nisbatan ham katta qiziqish mavjud: uning aksessuarlari orasida Shanel va Dior sumkalari mavjud. Shuningdek boshqa shimoliy koreyalik aholi vakillaridan farqli ravishda u rahnamolar surati tushirilgan znachok o’rniga zamonaviy va qimmatbaho to’g’nag’ich taqishni afzal biladi.

Li Sol Chju erinig keskin va qattiq fe’l-atvoriga qarshi bir tarzda uni mamlakat ayollariga turli yengilliklar berishga ko’ndira oldi. Shundan so’nggina Kim Chen In Shimoliy Koreya ayollariga shim va jinsi, qora kolgotka, baland poshna va plaftformali tufli kiyishga ruhsat berdi. Ularga berilgan “yengilliklar” qatorida velosipedda yurish imkoniyati ham bor.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.