Donald Trampning 10 ta hashamatli "o'yinchoq"lari

U shunchalik o'z boyligiga xuruj qo'yganki, hatto uni millioner deb aytishgani uchun sudga da'vo qilgan. Trampning fikricha bu uning milliarderlik nufuziga "tekkan". Sizning e'tiboringizga Amerika prezidentiga aylangan Donald Tramp boyliklarining katta bo'lmagan qismini taqdim etamiz.
Kolleksiyaga bir qancha Rolls-Roys, 2011-yilning eng qimmat Chevroleti va 1997-yilgi Lamborghinilar kiradi. Bundan tashqari 2003-yilda ishlab chiqarilgan McLaren markasidagi Mercedes-Benz SLR modeli ham e'tiborimizni tortdi. Bu dunyodagi eng kuchli va eng tez supermashinalardan hisoblanadi. Mashina paydo bo'lganida uning narxi 445 million $dan boshlangan.

Phantom - ishlab chiqaruvchilar tomonidan eng hashamatli safar uchun o'ylab topilgan. Bu mashina zamonaviylikning barcha hashamatini o'z ichiga olgan. Shubhasiz, uning narxi birinchi narxidan ham oshdi, bu yarim milliondan ham oshiq, degani.

Hozircha unda 3 ta vertolyot bor. Matbuotning e'tiborini Sikorsky S-76 tortdi. Nimasi bilan? Albatta serhasham "Trump" yozuvi bilan emas, balki egasining shaxsiy dekor o'ylaridan yaralganligi bilan. Ichki tomoni 24 karat oltin bilan bezatilgan, ha bu hali hammasi bo'lmasa kerak. Shu narsa aniqki, Tramp vertolyotning takomillashishiga 750 ming dollar sarflagan.

Donaldning o'zi Boing samolyoti uning eng "sevimli o'yinchoq"i ekanligini va bu uning nufuzini ko'tarishini tan oldi. Hatto samolyot haqidagi rolik ham mavjud. Samolyotning ichida bir qancha yotoqxona, qabulxona, o'yin-kulgu xonalari, oshxona va oltin rakovinali hammom bor. Donaldning aytishicha bunday samolyotga egalik qilish juda ajoyib.

Penthaus Tramp oilasi bilan ko'chib kelishga majbur bo'lgan Oq uy bilan solishtirganda "osmon va yer"kabi bir-biridan farq qiladi. Bu uyda ko'plab oltin, billur va olmoslar mavjud. Uyni qo'riqlashning o'ziga har kuni 1 milliondan ortiq pul sarflanadi.

Bu uning eng qimmat ko'chmas mulki emas. Uning maydoni 100 ming kv. fut bo'lib, 200 million dollar turadi. Donald va Melanining nikoh to'yi aynan shu yerda o'tgan. Bundan tashqari u yerdagi hashamatli binolar ijaraga ham beriladi.

U faqatgina golf o'yinining ishqibozi bo'lib qolmasdan, katta yer maydonlarini sotib olib ularni zamonaviy golf klublariga ega kurortlarga aylantirishni yoqtiradi.

Bu binoning faqatgina 300 million $ga baholangan qismigina Donaldga tegishli, qolgani uning farzandlariga. Donald binoni 1995-yilda sotib olgan va hozir egizak-minoralarning ayanchli yo'q qilinishidan keyin Nyu-Yorkdagi eng baland inshoot hisoblanadi.

Uning shaxsiy mol-mulkiga Manhettandagi TrumpTower binosi ham kiradi. Zamonaviy bu inshoot "Betmen-3" kinosida ham suratga olingan. Hozir u yerda Trumpning oilasi yashaydi. Uning narxi 370 million $ deb baholangan.

Binoning umumiy qiymati 2 milliard $ turadi, lekin Donaldga biznes-markazning 30 %i tegishli. Bu ham kam emas, albatta!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.