Kanal
Qiziqarli

Donald Tramp haqida qiziqarli ma’lumotlar

Donald Tramp haqida qiziqarli ma’lumotlar

Bir qaraganda g’ayrioddiy tashqi ko’rinishga ega bo’lgan, Amerika televideniesi orqali ba’zan g’alati bayonotlar bilan chiqish qilib turadigan antiqa inson… Donald Tramp haqidagi yana qanday ajoyib ma’lumotlar biz uchun tanish?

Quyida Donald Tramp hayotidan eng qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishasiz.

Yaqin paytlargacha Tramp faoliyatining asosiy turi biznes, aniqrog’i, ko’chmas mulk ijarasi va qurilishi edi.
Dastlab bu biznes uning otasi –Fred Trampga tegishli bo’lgan.

Tramp mulki ichidagi eng qimmati Tramp-Tauer (inglizcha Trump Tower) osmono’par binosidir (Balandligi — 202 m. Qavatlar soni — 58. Forbes churnalining baholashicha uning qiymati — $318 mln).

Shuningdek, Trampning biznesdagi dastlabki muvafaqqiyatlariga 22 yoshida erishgani ham ma’lum.

Osmono’par binolardan tashqari unga bir necha yirik kazinolar, butun Amerika uzra joy olgan otel va mehmonxonalar, golf maydonchalari hamda xususiy klublar tegishlidir.

U 1989 yilda yirik moliyaviy muammolarga duch kelgan, 1991 yilda esa bankrot bo’lishiga sal qolgan.

Tramp ommaviy axborot vositalariga doimo holisona munosabatda bo’lgan va hamisha ochiq xayot tarzini olib borgan. Saylovchilar sonining ko’pligini ham aynan shu bilan ifodalasa bo’ladi. 2003 yilda u “BBS” kanalidagi “Nomzod” ko’rsatuvining boshlovchisi sifatida ham faoliyat olib borgan.

Donald Tramp butun vaqt mobaynidagi televidenieda eng qimmat haq to’lanadigan insonlardan biri sanalgan. Ayrim ko’rsatuvlar unga 3 million AQSH dollarigacha daromad keltirar edi.

Boshqa ko’pchilik siyosatchilardan farqli o’laroq, Tramp “Twitter” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasini shaxsan o’zi yuritib keladi.

Eng ommabop tvit saylovdagi g’alaba paytida qilingan edi: Xuddi shu mulohaza asosiy saylovoldi shiori ham bo’lgan.

Trampning sevimli sport turi — resling hisoblanadi.

Donald Tramp gollivuddagi “Shon-shuhrat hiyoboni”da o’z yulduziga ega.

Tramp eng yoshi ulug’ va yangi saylangan AQSH prezidenti sifatida rekord o’rnatdi — 70 yosh.

Tramp uch marta uylangan va har nikohdan jami 5 nafar farzandi bor.

“Trump” familiyasi ingliz tilidan“Qozi” deb tarjima qilinadi

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish