Domeniko Dolce va Stefano Gabbana haqida siz bilmagan 5ta fakt

Italiyalik dizaynerlar 1985 yilda moda uyiga asos solishgan. Mashhur dizaynerlar Domeniko Stefanoning ustaxonasiga ishga kelganida tanishishgan. Ular birgalikda umumiy ustaxonani ochishdi va dastlab hamma o'z nomi bilan faoliyat yuritdi, ammo tez orada dizaynerlar kuchlarini birlashtirdilar va mashhur Dolce&Gabbana brendiga asos soldilar. Bugungi kunda ushbu brendning dovrug’i dunyolarga doston. Uni bilmagan va u haqida eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Yuksak did va o’zgacha uslubni tarannum etuvchi duet haqida yana bir qancha qiziqarli faktlar keltirib o’tdik.

Dizaynerlar 2006 yildan beri Italiya milliy futbol jamoasining rasmiy homiylari bo'lib kelishmoqda. Ular jamoa a'zolarini qizil gilam kiyimlari, sport kiyimlari va aksessuarlari bilan ta'minlaydilar.

1993 yilda bo'lib o'tgan "Madonna Girlie Show"i uchun barcha liboslarni Dolce va Gabbana birgalikda yaratishgan. Keyin ular Madonnadan 2010 yilgi kompaniyaning reklamasida ishtirok etishini so'rashdi va u bunga rozilik bildirdi.

Dolce hali juda kichik bo’lgan bu yoshida o’zining ilk ishini tikishni uddasidan chiqqan. Bu bir juft shim edi. Dolcening otasi buyuk tikuvchi bo’lgan va shu bois ham uning atrofi kiyimlar va tikuv anjomlari bilan o’ralgan edi.

Ilgari ular ko'plab taniqli fotosuratchilar bilan birga ishlagan, ammo bugungi kunda taniqli dizaynerlar brend ustida ishlashda ushbu yo'nalishda yetakchilik qilishgan. Dizaynerlar g'oyalarni yaratish, modellar, joylar va uslublarni tanlash bilan ham shug'ullanishadi.

1996-yilda Dolce va Gabannaning "D & G bu sevgi" iborasi kuylangan qo'shig'i taqdim etildi. Aftidan bu duetchilar har narsaga qodir ko'rinadilar!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.