Boysunda joylashgan dunyodagi eng chuqur g‘or suratlari



Ushbu g‘or 1984 yilda rossiyalik tadqiqotchilar tomonidan topilgan, biroq 1990 yilda britaniyaliklar birinchi bo‘lib bu yerda tadqiqot boshlashdi. G‘orga 70-yillarning ilmiy-fantastik filmi bo‘lgan Dark Star (Qora yulduz) nomini berishgan.


Bugungi kunda Gruziyadagi Krubera g‘ori eng chuqur g‘or hisoblanadi - 7,208 fut. Ekspeditsiya davomida «Qora yulduz»ning chuqurligi bir kilometrni tashkil etdi va u yerda yana pastga yo‘l borligi ham ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilar g‘or tubi 2650 metr chuqurlikda ekanligini aniqladi. Bu esa Gruziyadagi Krubera g‘oridan 500 metr chuqur hisoblanadi.
Mazkur «Yerosti Everesti» Kruberadan bu nomni tortib olishga da’vogar bo‘lib turibdi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.