Kanal
Avto

Boy odamning kambag’al odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Boy odamning kambag’al odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati

Ushbu maqolamizda boy odamlar rioya qilib yashaydigan 9 ta qoida haqida gapirib o’tamiz. Ehtimol, ular moliya dunyosida sizga ko'rsatma bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Hayron bo’lishingiz mumkin, lekin bu haqiqatan ham shunday. Boy insonlar qimmatbaho narsalarni sotib olib, o'zlarining obro'larini ko'tarishlari shart emas. Boy odamlar ishlatilgan narsalarni, jumladan mebel, avtomashinalarni sotib olishda hech qanday yomon narsani ko'rmaydilar. Agar mahsulot yangi ko'rinishga ega bo'lsa, ortiqcha to’lovning nima keragi bor? Ular tejab qolingan har bir tiyinni muhimroq narsaga sarflashni afzal ko'radilar.

Boy odamlarning psixologiyasi shundan iboratki, ular imkoniyatlaridan kelib chiqib, qurbilari yetgan narsalarnigina xarid qiladilar. Topgan pullarini kredit foizini to’lash uchun qarzga kirmaydilar. Ular uzoq muddatli “qullikka kirish” dan saqlanadilar, chunki bu narsa ularni hayot quvonchlaridan mahrum qiladi.

Arzon mahsulotlarni sotib olib, ko'pincha shu yo'l bilan tejazab qolayapmiz, deb  o'zimizni aldaymiz. Keling, bir misolni ko'rib chiqaylik: siz falon so’mga poyabzal sotib olishga ehtiyojingiz bor, ammo huddi shunga o’xshash, nisbatan arzonroq va sifat darajasi pastroq bo’lgan boshqa poyzfzalni ko'rasiz. Siz arzon poyafzal sotib olib, pulingizni tejashingizga ishonasiz. Biroq, u juda tez orada eskiradi va siz yana yangisini xarid qilishingizga to'g'ri keladi. Bunda siz yutgan emas, yutqizgan bo’lib chiqasiz. Boy odamlar bunday soxta tejash aldoviga uchmaydilar.

Psixologlar qiziqarli sinov o'tkazdilar, shulardan birini hozirda boylarning fikrini yaxshiroq tushunishingiz uchun misol keltiramiz.

Bir guruh odamlarga ikkita variant taklif qilindi: 1) ularga hozirning o’zida 5 dollar yoki 2) ma’lum bir muddatdan keyin 10 dollar beriladi. Ajablanarlisi shundaki, ko'pchilik birinchi variantni afzal ko'rdi. Faqat bir necha kishi 10 dollarni kutishga rozi bo'ldi. Shunday qilib, boy odamlar eng yaxshi takliflarni kutishga, pulni biror ishga sarmoya sifatida kiritib, vaqt o'tishi bilan natijalarga erishishga tayyorlar. Bu narsa ularni bir lahzali foydadan ko’ra ko'proq jalb qiladi.

Albatta, boy odamlar ham dam olishadi. Ular hatto nafaqa yoshiga yetmasdan ham ishlamay qo’yishlai mumkin, moliyaviy ahvollari shunga imkon beradi. Ammo bunday odamlar nafaqa yoshiga yetganlarida ham ishlashdan to'xtatmaydilar. Qolaversa, ishtiyoqmand odamning bexosdan ishsiz qolishi qiyin.

Har kuni marketologlar bizni sotib olishga "majbur qilishadi". Ko'pincha biz o'zimiz xohlamagan holda rejalashtirmagan narsamizni xarid qilamiz va buni har doimgi reklama harakati natijasida sodir bo’lganini tushunib ham yetmaymiz. Boy odamlar marketologlarning hiyla-nayranglariga aldanmaydilar. Ular haqiqatan ham zarur bo'lgan narsalarni sotib oladilar va ortib qolgan manbalarni yanada qimmatliroq narsalarga tikadilar.

Boy odamlar aktsiyalar, chegirmalar va maxsus qulay takliflarni kuzatib borishdan  charchamaydilar. Axir, tejash imkoniyati bo’lsa, nega undan foydalanmaslik kerak.

Barcha boy odamlar o’z moliyalarini rejalashtiradilar. Ular chiqimni, daraomadni, sarmoyadagi foizlarni, bonuslar, sovg’alar – hamma-hammasini hisobga oladilar. Hullas, har bir tiyin hisobli. Bunda to’g’rilik muhim o’rin tutadi, odam o’zligini yo’qotib qo’ymasligi hamda foyda-zarar, chiqim va harajatlarni doim nazorat qilib turishi kerak. Byudjetni kuzata turib, qaysi yo’nalish yoki kategoriyada sarf-harajat ko’p bo’layotganligini, yoki qaysi joyga pul tikmaslik kerakligini tushunib yetadilar.

Boy insonlar hammaga boyliklarini ko’z-ko’z qilishga zor emaslar. Ular o’zlarining haqiqiy baholarini biladilar, shuninh uchun oddiy odamlardek ko’rinadilar. 

Va eng asosiysi boy odamlar yorqin va to’la-to’kis hayot kechirishlari uchun harakat qiladilar. Ular hech kimga hech narsani isbotlab o’tirmaydilar, shunchaki hayotdan zavq olib yashaydilar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish