Kanal
Qiziqarli

Bo'rilar haqida qiziqarli faktlar va ma'lumotlar

Bo'rilar haqida qiziqarli faktlar va ma'lumotlar

Bo’ri itsimonlar oilasiga mansub. Uning hajmi qaysi mintaqada yashayotganligiga bog’liq. Bo’rining kallasi katta, tumshig’I uzunchoq, ko’zlari juda o’tkir. Jungi to’q kulrang va qalin, qorin va oyoq sohalarida biroz qizg’ish. 

Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonning cho’l, dashtlari, o’rmon, to’qay, tog’ va tog’ etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland tog’lar va tundrada ham yashaydi. Bo’ri qoyalar orasiga, to’qaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi. Tulki inlaridan ham foydalanadi. Bo’ri inida bolalaydi va bolalarini parvarish qiladi.

Bo’rilar keng diapazonli ovoz orqali o’zaro muloqot qiladilar. Masalan, irillashi salomlashishni, o’kirishi – jahlni, uvillash – xavotir, ba’zan esa hayajonni bildiradi. Eng mashhuri uning uvillashidir. Yolg’iz bo’ladimi, to’dasi bilanmi, tunda bo’ladimi yoki tongdami – bo’ri uvillashi bilan o’zining borligini bildirib turadi.

Bo’rining dumi, quloqlari, lablari va burnining holati boshqa bo’rilar uchun qo’rquv, hurmat va jahlni bildirib turadi. Masalan, to’da sardori o’zining ustuvorligini bildirish uchun “haykal” ko’rinishiga kiradi: oyqlarida qattiq turgan holda dumini ko’taradi, quloqlarini ding qiladi va qotib qoladi. Boshqa bo’rilar esa uning qarshisida egiladilar yoki bellariga yotib, oyoqlarini tepaga ko’taradilar va bu bilan o’zlarining bo’ysunganlarini ko’rsatadilar.

Hidlar bo’ri hayotida muhim o’rin tutadi. Bo’rilar o’zlariga qarashli hududni peshobi, axlati va boshqa hidli ajratmalari bilan belgilab chiqadilar, toki boshqa bo’rilar ularning hududiga yaqinlashmasliklari uchun.

Bo’rilarning ko’z olmalari qorong’uda ham ko’ra olish imkoniyatini beradigan maxsus ko’z pardasi bilan qoplangan. Shu sababli ularning ko’zlari o’tkir zehnga ega va yaltirab turadi.

Bo’rilar to’dada 7-20 nafar bo’lib yashashadi. To’dani ustunlikka ega bo’lgan juftlik boshqaradi. To’da sardori qaror qabul qiladi, qolgan bo’rilar esa unga bo’ysunadilar.

Bo'rilar tabiatda qanday ahamiyatga ega?

Bo'rilar oziq-ovqat zanjirida yuqori o'rinni egallaydi va ekotizim muvozanatini saqlashda muhim rol o'ynaydi. Ular asosan kasal va zaif hayvonlarni ovlaydi, shu tariqa yovvoyi tuyoqli hayvonlar populyatsiyasini sog'lom holatda ushlab turadi.

Bo'rilar yo'qolib ketgan hududlarda o't yeyuvchilar soni haddan tashqari ko'payib, o'simlik qoplamiga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun olimlar bo'rilarni "tabiat sanitarlari" deb atashadi.

Ko'p beriladigan savollar

Bo'ri qancha yashaydi?

Tabiatda bo'rilar o'rtacha 6-8 yil, qulay sharoitda esa 13 yilgacha yashaydi. Asirlikda (hayvonot bog'larida) ular 15-16 yilgacha umr ko'rishi mumkin.

Bo'ri odamga hujum qiladimi?

Sog'lom bo'ri odamdan qochadi va hujum qilish hollari juda kam uchraydi. Xavf asosan quturgan yoki ochlikdan charchagan hayvonlardan keladi.

Bo'ri va it qarindoshmi?

Ha, uy iti bo'rining avlodi hisoblanadi. Ikkala hayvonning genetik kodi deyarli bir xil, shuning uchun ular hatto chatishtirilib, nasl berishi mumkin.

Bo'rilar nega uvillaydi?

Uvillash bo'rilar uchun aloqa vositasi: u orqali ular to'da a'zolarini chaqiradi, o'z hududini belgilaydi va boshqa to'dalarga ogohlantirish beradi. Uvillash tovushi 10 kilometrgacha eshitiladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish