Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur bo'ladigan tavsiyalar


• Kartoshka qaynayotganda suvga 2-3 bo'lak sarimsoqpiyoz, piyoz yoki ozgina shivit qo'shsangiz, ta'mi yanada shirin bo'ladi.

• Kartoshka tez pishishi uchun suvga 1 osh qoshiq margarin qo'shing.

• Agar eski kartoshkalarni qaynatmoqchi bo'lsangiz, suvga sirka qo'shish foydali.

• Yangi kartoshkalar oson tozalanishi uchun ularni sovuq suvda yuving.

• Kartoshkalarni baland olovda qovurish ularning miqdorini kamaytiradi. Yaxshisi, yaxshilab suvini silqitib, biroz qurigach, o'rtacha olovda qovuring. Shunda sabzavotlar qizarib pishadi.

• Kartoshka bo'tqasiga qaynoq sut qo'shish lozim. Agar, sovuq sut qo'shsangiz, uning rangi hiralashadi.

• Kartoshkani archgach, ulardan tezda foydalaning. Bo'lmasa, ular qorayib qoladi. Agar kartoshkalarni avvaldan tayyorlab qo'yishingiz kerak bo'lsa, selofan paketga o'rab, havo kirmasligi uchun og'zini mahkamlang.

• Kartoshkalarni uzoq muddat saqlomoqchi bo'lsangiz, qopga olma mevasi qoqisidan solib qoying. Shunda sabzavot ildiz ortib ketmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.