Kanal
Foydali

Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi? Bu borada ko’pchilik bilgan va bilmagan haqiqatlar

Barchaga birdek yoqishning imkoni bormi? Bu borada ko’pchilik bilgan va bilmagan haqiqatlar

Bugungi kunda barchaga yoqishning usullari haqida hikoya qiluvchi qo’llanmalarning son sanog’i yo’q. Ularning omma e’tiborini jalb qilishi va katta qiziqish bilan kutib olishini ham ruhiyatdagi o’zgalarga yoqish istagi bilan izohlash mumkin.

Ushbu qo’llanmalarda keltirilgan tavsiyalarni amalda qo’llash chog’ida muvaffaqiyatsizliklarga ham duch kelish holatlari kuzatilib turadi. So’zlagan gapingizning boshqalar tomonidan noto’g’ri qabul qilinishi, sizga nisbatan noto’g’ri fikr bildirishlari ham kayfiyatingizga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi. 

1.       Sizni tinglayotgan odamga yetkazib beryotgan so’zlaringizga katta diqqat qaratib yubormang. Aslida so’zlar yetkaziladigan ma’lumotning  atigi to’rtdan bir qismini tashkil etadi, qolgan ma’no esa holat, mimika, intonatsiyava pauzalar orqali yetkazib beriladi.

2.       Harakat ko’p hollarda aytilayotgan gapning teskarisini ko’rsatib beradi. Agar sizga muhabbat va do’stlik haqida so’zlab, og’ir pallada tashlab ketsalar, bunday munosabatdan voz kechib qo’ya qolgan yaxshi emasmi?

3.       Barchamiz ma’lum bir so’zlarni eshitish va ma’lum bir so’zlardan qochishga intilamiz. Ayrim so’zlar sizni bir soniya ichida hafa qilishi, yana ayrimlari esa bir soniya ichida ko’ngilni tog’day ko’tarib yuborishi mumkin. Shu bois suhbatdoshingiz sizga nisbatan noto'g’ri so’z qo’llasa, uni darxol ranjitishga urinmang. U bu so’zni sizni hafa qilish niyatida aytmagan bo’lishi mumkin.

4.       Tan olish kerakki, barchaga birdek yoqish butkul imkonsiz. Buning uchun harakat qilib o’zingizni qiynab,azoblashingiz kerak emas. Atrofdagilarning siz haqingizdagi fikrlarini hisobga olib qo’yingu ko’ngilga yaqin olmang. Bu holatingiz, ruhiyatingiz va kayfiyatingizga kuchli  ta’sir ko’rsatadi. O’zingizga bo’lgan ishonchingizni ham susaytirishi mumkin. O’zingizga muhim insonlarga esa sezdirmasdan moslashishni o’rganing.

5.       Kimnidir fikrini tinglashni istasangiz- yaqinlaringizni tinglang. Ota-onangiz, aka-uka, opa-singlingiz turmush o’rtog’ingiz fikri bilan qiziqing, qolganlari esa ahamiyatsiz.

6.       Boshqalarga yoqish siz uchun majburiyat emas!

7.       Ba’zan yangi ishga joylashayotgan paytda, omadli insonlar bilan hamkorlikni boshlashda ularda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilasiz. Shunday paytlarda o’zingizni haddan ortiq hayajonlangan ko’rinish orqali ham sotib qo’yishingiz mumkin. Boringizcha bo’ling, biroq hatti-harakatlarni ham oshirib yubormang.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish