Baqlajonning foydali hususiyatlari haqida qiziqarli 5 ma’lumot

Salomatligingiz haqida qayg’urasizmi? Unday bo’lsa, ko’proq baqlajon iste’mol qiling. U tanadagi holesterin o’zlashtirilishi jarayoniga to’sqinlik qilib, toksinlarni organizmdan chiqarib yuboradi. Yurak, buyrak va jigar faoliyatini rag’batlantiradi. Xotirani ham yaxshilaydi. Bundan tashqari uning tarkibida kaloriyalar ham ko’p emas.

Ushbu mahsulot tarkibida nikotin moddasi bor. Shu sababli ham shifokorlar uni chekishdan voz kechmoqchi bo’lgan insonlarga tavsiya qiladilar. Bu tamakidan qutilish istagidagi odamlarda mavjud bo’lgan “qaramlik”ni ketkazadi.

Ushbu mahsulot teridagi yallig’lanishning oldini oladi, husnbuzarlar bilan kurashadi. Buning uchun mahsulotni bo’tqa holiga keltirish va massani yuz terisiga surtib olish kifoya. Oradan 15 daqiqa o’tgach esa niqobni yuvib tashlash mumkin bo’ladi.

Baqlajonning po’stlog’i ham juda foydali bo’lib uni archmay iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sababi, po’stloq tarkibida kamyob antotianin moddasi mavjud. Bu inson miya to’qimalarini zararlanishdan asrovchi o’ta kuchli antioksidantdir.

Baqlajonning oq ranglisidan qovurmalar, yashil ranglisidan dimlama va ikra pishirsa mazali chiqadi. Uzun va yupqa turi esa ruletlar va konservalar tayyorlash uchun yaxshi. Silindirsimon va noksimon turlari ragu, muzlatish va quritish ishlari uchun mos keladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.