Avvaliga qo’shnilar yigit yerni basseyn uchun qozyapti deb o’ylagan edilar, ammo natija ancha yaxshiroq chiqdi


Bu yigit yaratgan ishga qarab, mashhur iborani eslasa bo’ladi: “Erkak doimo yigitcha bo’lib qoladi, ammo uning o’yinchoqlari ancha kattaroq va qimmatroq bo’lib chiqadi”. Kolin Fyorz o’z hovlisida chuqurlikni qaziy boshlaganida, qo’shnilar u basseyn qurmoqchi degan fikrda edilar. Ammo barchasi bundanda qiziqarliroq bo’lib chiqdi.

Kolin Fyorz (Colin Furze) turli xildagi ixtirolarni, ya’ni reaktiv dvigatelli velosiped yoki olovqurolli skuter kabilarni yaratishni xush ko’radi. Bu safar esa yigit o’z hovlisida haqiqiy bo’ydoqlik boshpanasini yaratishni o’ylab topdi. O’z boshpanasi bilan uyi oldidagi bog’chani buzmaslik uchun, un iyer ostida qurishga ahd qildi.

Kelgusi boshpana rejasi boshida yosh bolaning chizgan rasmini eslatardi. Kolin hovlisida kerakli maydonni belgilab oldi va uni kurak bilan qozishni boshladi. Kurak yordam berolmasligini tushunganida, u ekskavatorni ishga soladi. Bungan keyin bunkerning asosi tariqasida, yigit o’zi payvandlab qo’ygan metal parchalarini ishlatgan.



Asta-sekinlik bilan Kolin o’z uychasini “yigitga xos” turda to’ldirdi: uning ichida barabanlarni, futbol o’yinlari ko’rsatiladigan katta plazmani uchratish mumkin. Oshxonada odatiy “bo’ydoqlik to’plamini” ko’rish mumkin: konservalar, chipslar va boshqa uzoq saqlanadigan mahsulotlar.


Tashqarida Kolin Fyorz hamma joyni avvalgi ahvolga keltirdi, bog’ avvalgidek ko’karib ketdi. Faqat hovlisining bir chetida yigit kichik bir uychani qurdi. Agar ichkariga kirib, poldagi gilamni chetini ochsa, aynan o’sha yerda boshpanaga kirishni toppish mumkin.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.