Kanal
Qiziqarli

Aslida qalbaki bo'lgan 13 ta mashxur sur'atlar

Aslida qalbaki bo'lgan 13 ta mashxur sur'atlar

Biz siz uchun bir qancha yorqin sur'atlarni topib qo'ydik. Ular butun dunyodagi internet foydalanuvchilarida vau-effektini yuzaga keltirgan bo'lsalarda, aslida esa ular qalbakidirlar.

Virusli sur'atlarning eng eski va mashxur misollaridan biri. Uning, fotoshop paydo bo'lishining ilk damlarida, omma yuzini ko'rishi internetda juda ko'p shov-shuvlarga olib keldi. Haqiqatda esa, bu ikkita bir biri bilan bog'liq bo'lmagan sur'atlar, mohirona bittaga birlashtirilanidir. Bu sur'atdan hammadan ko'p jabr ko'rgan bo'lib National Geographic ning sha'ni bo'lsa kerak. Gap shundaki, bu sur'atni ko'pincha "National Geographic dan yilning eng yaxshi sur'at uchun nominanti" yozuvi kuzatib yurar edi.

Qisqa, mazmunli va shu qadar o'ziga tortuvchi "Qasr-orol. Irlandiya" imzosi sizga xech qanday imkon qoldirmaydi. Hamma narsalarni tashlab, Dublinga tezlik bilan ketib, xech bo'lmaganda bir bor bo'lsa ham, bu inson taffakkurining mo'jizasini ko'rishni istaysiz. Afsus, lekin huddi shunday muvaffaqiyat bilan Neverlendga jo'nash mumkin. Sababi, bu sifatli fotoshop bo'lib, unga tarmoqning millionlab foydalanuvchilari ishongan. 

Mana bir necha yil mobaynida yoz mavsumi boshidirki, ijtimoiy tarmoqlar g'ayrioddiy, suvli shirinlikdan aqldan ozadilar. Uni nima deb atashmadiyam: ko'k, oylik, xitoylik, yapon... Biroq ular eng muhimini aytishmaydi: tabiatda u mavjud emas.

"Agarda siz sayyoraning tarixidagi eng mashxur olimlardan biri bo'lsangiz, u holda sizni mavridi bo'lgan va bo'lmagan vaqtda yodga olishlarini kuting", - deb 1911 yili A. Enshteyn aytgan. Hazil, u bunday demagan. Huddi shunday tarzda velosipedda ham, 1962 yili Nevadada yader portlashi yonida, uchib yurmagan. Shu bilan birga ulug' olim bu portlash vaqtiga kelib etti yildirki olamdan o'tib ketgan edi. Umuman olganda bu yerda ikki sur'atni bittaga qoshishgan va endilikda u barcha ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning  ko'zlarni quvontirmoqda.

Bu sur'atni ko'rganda o'zini kulgudan tuyib turib bo'lmaydi. Yovvoyi hayvonot dunyosi haqidagi filmlar olish jarayonida kutilmagan holatlar ba'zida bo'lib turishiga qaramay, aynan bu hol ular sirasidan emas. Buni ayiqning bosh shakli va uning o'ng olidi oyog'idagi yashil o't ko'rsatib turibdi. Verdikt: fotoshop. Shunday qilib, agarda siz bu sur'atni izohlarsiz pepost qilgan bo'lsangiz, u holda, achinarli bo'lsada, sizni aldashibdi. 

Ikki yil avval Runetda, afsonaviy Metro Goldwyn Mayer studiyasining zastavkasining syomkalarini sahna orti korsatilgan deyilgan, sur'at paydo bo'lgan edi. Balkim kim uchundir bu zavqli ko'ringan bo'lishi mumkindir, biroq xayvonlarni muhofaza qiluvchilar xayvonlar shoxi bilan bunday beandisha muomaladan jahllari chiqqan edi. Tushunmovchiliklarni oldini olish uchun sizni ishontirib aytishga shoshilamiz: sur'at qalbaki. Original post sher tomografiya qilish uchun klinikalardan birida bo'lgan ekanini ko'rsatadi. 

Xayvonlarning sur'atlari doim keng ommada katta qiziqish uyg'otadi. Mana katta oq nahangning "National Geographic ning yil sur'ati" kommenti bor super fotosur'ati 2016 yili internet fazosini bo'laklarga bo'lib yubordi. Shunday qilib, ko'pchilik sur'at haqiqiy deb o'ylashgan edi, boshqalar esa, bu sur'atni qilgan sur'atkashning jasorati va mahoratiga ishonmadilar. Natijada esa, navbatdagi fosh qilish. Bularning natijasida National Geographic hattoki javob yurushi ham qilishiga to'g'ri keldi. 

Go'zal qora rangli sherning ajoyib sur'ati butun dunyo bo'ylab yuz minglab estetlardan like lar yiqqan. Unikal yirtqich haqida xayvonlarni yaxshi ko'radiganlar va unikal topilmaga befarq bo'lmaganlar garirar edilar. Bu kabi rangdagi sherning tabiatda mavjud bo'lgan ehtimoli bor bo'lishiga qaramay, aynan bu sur'at sun'iy yaratilgan. Aytganday, original ham juda effektli ko'rinishga ega. 

Ayol homilador vaqtida bolaning tepishlarini sezsada, hamda o'z qornida bo'rtishlarni ko'rishi ham mumkin, biroq qorin bo'shlig'i juda ham qalin bo'lib, unda oyoq izi bu qadar aniq ko'rinmaydi. Bundan tashqari oyoq izi qorindagi bola uchun noproporsional bo'lib tuyulmoqda. Xulosa qilib aytganda, agarda go'dak bunday qila olganida, uni Gerakl deb atash kerak edi. Bu sur'atning manbasi noma'lum, lekin sur'at, uning keyingi taqlidlari kabi haqiqiy emas bo'lsa kerak. Shuning uchun ko'zingizga doim ham ishonavermang. 

Kenja Djordj Bush kitobni teskarisiga ushlab o'qigani haqidagi hikoyansidan internet foydalanuvchilaridan tashqari boshqalar ham bahramand bo'lgan edilar. Teskari o'girilgan kitob sur'ati ba'zi Ommaviy Axborot Vositalarini ham aylanib chiqib, AQSH prezidenti ahmoqligiga shama qilgan edi. Bunda qaramay sur'atning originalida Bush kitobni to'g'ri ushlab turgan va sur'at atrofidagi shov shuv noo'rin bo'lgan.

Bu foto internetda 11 sentyabr hujumidan atigi bir necha hafta o'tib paydo bo'ldi. Ko'rinib turgan logik nomutanosibliklarga qaramay (Qanday qilib sayyoh samolyotni eshitmadi? Nima uchun sur'atkash bu haqida unga aytmadi? Kamera qanday qilib omon qolgan?), ssenariyning daxshati va tragediyaning og'riqli qabul qilinishi butun dunyoda bu rasmning tarqalishiga turtki berdi. Shunga qaramay sur'atning afsonaviy oreoli yoyilgan edi, so'ng esa, o'sha sayyoh ham topilgan edi.

Bu sur'at internetda twitter sharofati bilan tarqalib ketgan edi. Sur'at tagidagi yozuv "Qora risar" s'yomkalarida Xit Ledjer aynan shunday ko'ngilhushlik qilganini ma'lum qilgan edi. Aql bovar qilmas ta'kid internet-jamiyati tomonidan onson qabul qilingan bo'lib, xozir ham turli ijtimoiy tarmoqlarda tiraj qilinmoqda. Haqiqatda esa bu fotomontaj. 

Aql bovar qilmas selfini parvoz vaqtida qilayotgan qo'rqmas uchuvchining sur'ati keng ommani shu qadar to'lqinlantirib yubordiki, hattoki ketma ket tanqidchlarni ham vujudga keltirdi. Ularning ba'zilari yolg'onni tan olganlarida ham, o'n minglab "like" lar yig'adilar. Baxs munozarasoz kadr effektli ko'rinadi, lekin u baribir yolg'on. Shu bilan birga, original kadr ham juda zo'r ko'rinadi va ko'plab "like" va repost larga loyiq. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish