Kanal
Qiziqarli

Aldamchi suratlar – bu siz o’ylagan narsalar emas

Aldamchi suratlar – bu siz o’ylagan narsalar emas

Bu osmondagi yulduzlar emas, daraxt aksi tushib turgan hovuz tubidagi mayda toshlardir.

Bu do’zaxga tushib ketayotgan ruhlar emas, otilgan vulqon lavasidir.

Eski oshxona tovalari sayyoralarga o’xshab turibdi

Bu dizaynerlik uslubida ta’mirlangan hashamatli kvartira emas, bor-yo’g’i gitaraning ichki ko’rinishi

Mashina tomi ustidagi qirov Yerning koinotdan ko’rinishini eslatib turibdi

Bu chumolixo’r bilan panda emas. Shunchaki chumolixo’rning oldingi panjasi pandaga o’xshaydi.

Kir bo’lgan mashinaning eshik tutqichi o’rmon ustida muallaq turib qolgan uchar likopchani eslatadi.

Bu uy ichidagi yong’in emas, oynada aks etayotgan quyoshning botishi

Chelak ichidagi qisqichbaqa huddi metll sayyorada bahaybat maxluq turganga o’xshaydi, chelak devorlaridagi tomchilar esa yulduzlarni eslatib turibdi.

Yashil mox bilan qoplangan suvdagi tosh dengizdagi tropik orollarni eslatadi

Bu tuman, okean to’lqinlari emas

Bu opal, ya’ni bezak toshi bulutlar orasidan ko’rinayotgan quyosh botishiga o’xshaydi.

Bu osmondagi bulutlar okeandagi to’fonni eslatmoqda

Bu jipslashib o’tirgan qushlar shilliqqurtni eslatmoqda

Mushaklardan yorishib ketgan osmon koinotdagi tumanga o’xshaydi

Bu mushuklarning surati emas, to’r orqasidan qarab turgan haqiqiy mushuklardir.

Bu qoya, uni uzoq vaqt ta’sirida toshga aylangan kema deb o’ylamang

Bu shahar ko’rinishining tepadan olingan surati emas. Qarshingizda Tokiodagi shahar qabristoni.

Bu uchar likorcha emas, mayoqning osmondagi aksi.

Bu chizilgan surat emas, Namibiyadagi bog’lardan birida olingan fotosuratdir.

Bu bezak toshiga qarar ekansiz, okean tubini ko’rganday bo’lasiz.

Bu beton devor emas, Nyu-Deli shahrining balandlikdan ko’rinishi

Bu o’t bilan qoplangan to’nka ertaklardagi yakkashoxni eslatib turibdi.

Cho’cimang, bu ko’mir ustidagi qushlar emas, shunchaki yongan ko’mir bo’laklaridir.

Bu devordagi surat emas, tashlandiq uyning olib tashlangan deraza o’rnidagi tashqaridagi ko’rinish.

Ichida toshi bilan yaxlab qolgam ushbu muz bo’lagi yaxli yurakni eslatib turibdi.

Bu yo’lakdan also yura ko’rmang! Axir bu aslida yo’lakcha emas, to’kilgan burglar bilan qoplangan katta ariqdir.

Shaharda Godzilla paydo bo’libdimi?! Yo’q, bu shunchaki mashinaning old oynasiga yopishtirilgan kaltakesak tasviri.

Qo’rqmang, bu devordagi kuchukning qotirilgan boshi emas, shunchaki yerda o’tirgan kuchukning tepadan olingan surati.

Bu avtomobildan pishiriqlar sotilyapdi, deb o’ylasangiz, xato qilasiz. Bu shunchaki mashina ro’parasidagi do’kon peshtaxtaning aksidir.

Daraxt qoldig’i yalmog’iz kampirni eslatib turibdi.

Tog’dan quyilib kelayotgan sharshara huddi osmondan tushib kelayotganga o’xshaydi.

Bu suratga qarab, u kunduz kuni olingan deb o’ylaysiz. Aslida esa suratkashning omadi kelib, bu rasmni kechasi chaqmoq paytida olgan.

Bu dengizdagi ulkan baliq emas, shunchaki g’arq bo’lgan kemaning burun qismi.

Bu ham yirik shokoladli pishiriq emas, shunchaki katta qo’ziqorindir.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish