Albatta borish kerak bo'lgan O'zbekistonning 20 ta ajoyib joylari

Biroq ajoyib yo'nalishlar va sirli joylarga sayohat qilish uchun mamlakatdan chiqish shart emas. O'zbekistonda ham asrlar osha saqlanib kslayotgan va xalq afsonalariga uzviy bog'langan joylar ko'p.

Borsa Kelmas chuqir ko'li Ustyurt platosida joylashgan bo'lib, taxminan 30 million yil muqaddam Tetis qadimiy dengizining bir qismi bo'lgan. Xozirda dengiz o'rinida Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt platosi va ushbi ko'l qolgan. Ko'lning nomi haqiqatga mos tushadi, unga yaqinlashish juda havfli bo'lib, ko'plab jarliklar va ingicha tuz qatlami bilan qoplangan daryoning muzlamay qolgan joylariga duch kelish mumkin. Biroq mahalliy aholining so'zlariga ko'ra, agarda rezina etiklar kiyib, botqoqdan eson-omon o'tib olsa, ko'lning ustki qismigacha chiqish mumkin. U yer esa, huddi tosh kabi qattiq bo'lib, shuning uchun ko'l ustida sayr qilish mumkin bo'ladi. Hattoki, suvda ham yurish mumkin! Biroq, juda sho'r suvda.

Platov so'zi "temir tog'" ma'nosini anglatadi. Qadimgi davrlardan vodiyda temir rudasi qazib olingan. Platov daryosi Toshkentdan, taxminan 100 kilometr masofada joylashgan bo'lib, u yerda tashrif etish uchun bir vaqtning o'zida bir necha joylar bor. Odatda, turistik yo'nalish 38 metrlik Platov sharsharasidan boshlanadi. Undan bir oz yuqorida qayinzor bor bo'lib, unda Qizil kitobga kiritilgan xayvonlarni uchratish mumkin. Platov kanyoni alohida e'tiborga loyiq bo'lib, ajoyib manzaralar yaratuvchi relyeflarga ega. Ular tabiat va vaqt qanchalar buyuk ekanini eslatib turadi. Eng katta taasurotlardan biri - bu Platov daryosi bo'ylab sayohatdir. U yerda poleolit davrida qadimiy odamlar yashagan bo'lib, Obi-Raxmat sun'iy g'orlari sifatida mashxur. Undan sal yuqorida yana bir ajoyib joy - g'or bor. Bu yerlarga aprelda, lolalar ochilgan vaqtda kelish kerak. Lolalar orasida Kaufman lolasi, Greyg lolasi va boshqa turdagilarini uchratish mumkin.

Agarda Buxoroga borsangiz Varaxsha shaini albatta ko'ring. Varaxsha - Buxoroda, arablar istilosidan oldin, hukumronlik qilgan Buxorxudotlar qarorgohi joylashgan, qadimiy shahar. Varaxsha Buxoro g'arbida, yarim soatlik yo'l masofasida joylashgan bo'lib, 100 ga. maydonni egallagan. Varaxsha saroyining freskalarini o'rganish, shahar eramizning V asridan XI asrigacha bor bo'lgan ekanini ko'rsatdi. Olimlarning fikriga ko'ra, Varaxshada hayot mintaqada suv tanqisligi sababli tugagan. Qacholardir eda, bu joylar Buxorodek bo'lgan. Bugungi kunda esa u xarobalarga aylangan.

Bu joy Buxoroning oxirgi amiri Said Olimxonning shahar tashqarisidagi qarorgohi bo'lgan. Qizil armiya 1920 yili Buxoroni bosib olguniga qadar Amir Olimxon uni boshqargan. Bu bino ikki rus muhandisi tomonidan loyixalashtirilgan bo'lib, uning bezak ishlari bilan o'sha vaqtning eng yaxshi usta-hunarmandlari shug'ullangan. Arxitektura uslublarining bunday noodatiy uyg'unligi boshqa xech qayerda uchramaydi. Xozirgi kunda qarorgoh binosida amaliy san'at muzeyi joylashgan. Biroq, asosiy eksponat, albatta, saroy binosining o'zidir. Aynan shu yerdan Buxoroning oxirgi amiri Afg'onistonga qochib ketishga majbur bo'lgan.

Dengiz sathidan 1650 metr balandlikda ( bu esa Eyfel mi orasidan besh barobar ko'p degani) Nurota tog'larining markazida ajoyib Fozilmon ko'li joylashgan. U bitta chashmadan suv oladi, hamda bahor oxirlarida, ayniqsa juda go'zal bo'ladi. Afsuski, unda cho'milish tavsiya etilmaydi, biroq osmonning undagi aksi (ayniqsa yulduzlisining) juda ham noyob holatni ko'rish imkonini beradi.

Nukusdan 43 kilometr janubda, baland tepalikda Chilpiq - qal'a joylashgan. Zardo'shtiylarning diniy joyi bo'lgan bu yer eramizning II - IV va IX - XI asrlariga tegishli. Bu yerda zardo'shtiylar olamdan o'tgan shaxslarning jasadini olib chiqib qo'yishgan. Jasad turli xayvonlar, qushlar tomonidan yo'q qilingach, suyaklar maxsus idishga solinib, yerga ko'milgan. Chilpiq - qal'aning 15 metrlik devorlarida hamon o'sha suyaklar saqlanmoqda.

Zomin - O'zbekiston hududidagi eng qadimiy davlat qo'riqxonasi bo'lib, 1978 yilda O'zbekiston Xalq bog'i ochilgan. Bugungi kunda Zomin milliy bog'ining maydoni 24 ming ga.dan ko'proqni tashkil etadi. Bog' Jizzax viloyatida joylashgan. Bu yerda juda ham go'zal tabiat manzaralariga duch kelish mumkin. Qo'riqxona hududida turizm uchun maxsus zano ham ajratilgan - tabiat bilan birga bo'lish yoki ajoyib selfilar qilish imkoni bor.

Bu ko'l Jizzax viloyatida, Jizzaxdan 56 kilometr shimoli-sharqda, Qizilqum cho'lining sharqiy qismida joylashgan. Taxminlarga ko'ra, Tuzkon ko'li - Orol - Kaspiy davridagi suv havzasining bir qismidir. Ko'l suvi xech qayerga oqmaydi, shuningdek, u bir oz sho'rroq bo'lib, shimoli-g'arbda Aydarko'l bilan bog'lanadi. Bu ko'llarning umuiy maydoni - taxminan 3750 kilometr kvadrat. Bir yilda ko'llar tizimida 2000 tonnagacha baliq ovlanadi.

Farg'ona vodiysidagi Rishton azaldan ajoyib kulolchilik maxsuloti vatani hisoblanadi. Rishtonda kulolchilik maxsulotlari yaratishning maxsus texnologiyasi, ularni pishirish va sirlash ishlab chiqilgan. Ayni damda, Rishtonda 1000 dan ortiq kulolchilar ishlamoqda, ularning 100 ga yaqini kulolchilik san'atining barcha texnologiyalarini biladi. Rishton ustalarining yaratgan maxsulotlari dunyodagi ko'plab muzeylar kolleksiyasidan joy olgan.

Toshkentdan 60 kilometr janubi-g'arbda, sobiq "Leninizm" sovxozidan unchalik uzoq bo'lmagan yerda tepalik bor. Bu tepalik ko'hna shahardan qolgan yagona narsa, bu joyni juda kam odam bilsa kerak. Qanqa miloddan avvalgi III asr boshlarida shakllanib, XI asrning oxiriga qadar hayoti uzluksiz davom etgan. Bu yodgorlik o'rta asrlar davri mualliflari asarlarida keltirib o'tilgan Xarashket bilan qiyoslanadi. Shahar Yer yuzidan deyarli butunlay yo'q bo'lib ketganiga qaramay, bu yerga kelish albatta tavsiya qilinadi.

Toshkent yaqinidagi shaharchada joylashgan bu maqbara Amir Temurning buyrug'iga ko'ra qurilgan. Zangi ota turk-islom olamidagi ulug' mutafakkir, hamda mutasavvif donishmandlaridan biri bo'lgan. Zangi ota Himmatiy laqabi bilan ham mashxur bo'lgan edi. U qora tanli, ushturlab ( tuya lab), baquvvat, barvasta gavdali odam bo'lgan. Bu yerda uning rafiqasi Anbar ona ham dafn etilgan. Maqbara majmuasi bir necha zonalardan iborat: katta bog' va XIV-XIX asrlarda qurilgan masjid, madrasa, minora va Anbar ona maqbarasi. 1914-1915 yillarda masjid oldida minora qurilgan. 2013 yilda esa, bog' va Namozgoh masjidini kengaytirish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.

Omonqo'ton karst g'ori Samarqand viloyatidagi Zarofshon tog'lari shimoliy yonbag'rilarida joylashgan. G'orni arxeolog David Lev 1947 yilda topgan. Bu yerdan siantrop insonning son suyagi aniqlangan. Omonqo'ton g'ori O'zbekistondagi eng qadimgi manzilgohlardan biridir. G'or chuqurligi 80 metr atrofida, u yerda bir-biri bilan kichik o'tish joylari orqali bog'langan o'ziga xos zallar bor. Omonqo'tonga yozning ikkinchi yarimida borgan yaxshiroq, u iyun o'rtalariga qadar suv bilan to'lgan holatda bo'ladi.

O'lchami 800 metr keladigan ushbu kichik ko'l Sirxandaryo viloyatidagi Xomkon darasida joylashgan. Olimlarning fikriga ko'ra, u tabiiy yo'l bilan emas, balki metiorit qulashi tufayli yuzaga kelgan. Tuproqdan esa, tektitlar topilgan. Bunday ajoyib meteorit ko'lga tashrif buyurishni unutmang. Katta ehtimol bilan, Qonbeshbuloq aslida bir meteorit krateridir.

1972 yilda Marg'ilonda Farg'ona vodiysidagi eng yirik fabrikaga asos solingan. 2000 yilda esa, fabrika "Yodgorlik" xususiy korxonasiga aylantirildi. Qadimda ipak ortilgan karavonlar Buyuk Ipak Yo'li bo'ylab Marg'ilondan Qoshg'ar, Bag'dod va hattoki, Yunonistonga borgan. Bu ipak go'zallik va sifat borasida Xitoynikidan qolishmagan, sababi farg'onalik ustalar bu borada o'zlarining maxsus, noyob texnologiyalarini o'ylab topishgan. "Yodgorlik" fabrikasi butun dunyodan turistlarni faol jalb qiladi - ularga ipak matoni qo'lda ishlab chiqarish jarayoni namoyish etiladi.

Telpakchinordagi (Surxandaryo viloyati) Oq Oztona bobo maqbarasi X asr oxiri, XI arsning boshlarida bunyod etilgan. Ba'zi olimlarning taxmoniga ko'ra, maqbara Muhammad payg'ambar s.a.vning izdoshlaridan biri, avliyo Abu Hurayra qabri ustida barpi etilgan ekan.

G'or dengiz sathidan 1500 kilometr balandlikda, Surxandaryo sharqidagi Boysun tog' tizmasida joylashgan. 1938-1939 yillarda taniqli arxeolog Aleksey Okladnikov shu g'ordan muste davriga oid neandertal qiz bolaning qoldiqlarini topgan.

Krasnogorsk konchilar shahri Toshkent viloyatida 1953 yilda tashkil etilgan. Bu yerda butun sobiq Ittifoqdan mutaxassislar ishlashgan. 90 chi yillarda esa shaharni odamlar ommaviy tashlab ketishni boshladi. Ular kvartiralari, mashinalarini ham bu yerda tashlab ketishgan. Krasnogorsk ko'chalari bo'ylab sayr qilinsa, sobiq Ittifoq 80 chi yillarda qanday ko'rinishda bo'lganini aniq tasavvur qilish mumkin - o'sha davrga xos eski buyumlar va narsalar saqlanib qolgan.

Surxandaryo viloyatida, Termizdan 100-110 kilometr g'arbda, Hisor tizmasining janubi g'arbida joylashgan bo'lib, bu yerda O'zbekiston hududidagi eng qadimiy qoyatosh rasmlari topilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Ular yerda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan.

Qo'yqirilgan qal'a - qadimiy otashparastlar ibodatxonasi va qishloq xarobalari bo'lib, To'rtko'l shahridan 22 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Qal'a atrofida xandaq (eni 15 metr, chuqurligi 3 metr) bo'lib, qadimda suv bilan to'ldirilgan. Qo'yqirilgan qal'a devorida O'rta Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq quldorlik davri shaharlari qurilishi uslubiga xos bo'rtib chiqib turgan maxsus burjlar bo'lib, ularda o'q otish uchun nishon tuyniklari bor. Qo'yqirilgan qal'a markazidagi ikki qavatli binoga maxsus zinapoyalarda chiqilgan. Birinchi qavatda alohida alohida 8 ta gumbazli xonalar bo'lib, ular ichidan sopoldan yasalgan tobutlar, idish tovoqlar, har xil rasmlar solingan yog' idish (xum va ko'zacha) lar, naqshinkor suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida ma'budlarning terrakota haykalchalari, devorga ishlangan rangli naqshlar, osmon jismlarini kuzatishga mo'ljallangan buyumlar bor.

Qiriq qiz qal'a Xorazm hududida 1938 yilda o'tkazilgan arxeologik qazilma ishlari vaqtida, Beruniy shahridan 30 kilometr shimolroqda aniqlangan. Olimlarning fikrga ko'ra, qal'a eramizning I-VI asrlariga tegishli. Qazilma ishlari davomida zardo'shtiylar qabrlari topilgan. Afsonalardan biriga ko'ra, bu qal'ada Guloyim ismli malika yashahan bo'lib, u o'zining qiriq nafar safdoshi bilan chegarani mustaxkam saqlab, raqiblari hujumlaridan himoyalangan. Bugungi kungacha istehkom tuynuklari bo'lgan tashqi devorlar saqlanib qolgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.