Ajoyib va g’aroyib Hindiston: noyob ma’lumotlar va suratlar


Hindiston hududining kattaligi bo’yicha dunyoda yettinchi o’rinni egallagani bilan aholisi soni bo’yicha Xitoydan keying ikkinchi o’rinda turadi: taxminiy hisob-kitoblar bo’yicha u yerda 1,2 mild odam istiqomat qiladi.

Hindistonda har 12 yilda nishonlanadigan diniy bayram bor: Kumba-mela. Kumba-mela bayramining oxirgi marosimi 2013 yilning 14yanvarida bo’lib o’tdi: bu kuni Allahabaddagi induistlar muqaddasgohlariga ziyorat va ibodat qilish uchun 100 mln odam tashrif buyurdi, bunday miqdordagi odamlar yig’ilishi tarixda reлord darajaga yetdi.

Hindistonning Varanasi shahrini eramizadaт avvalgi 500 yilda Budda tashrif buyurganda ham qadimgi deb atashar edi. Bugungi kunda Varanasi shahri nafaqat Hindistonning, balki butun dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri hisoblanadi.

Ko’pgina hind oilalarida huddi bizning xalqqa o’xshab,ayollar turmush o’rtoqlarini ismi bilan chaqirmaydilar, bu hurmatsizlik hisoblanadi. Ayol eriga to’g’ridan-to’g’ri ismini aytmasdan murojaat qilishi yoki hech bo’lmaganda "bolamning otasi" deb chaqirishi ham mumkin.

Hindistonda bevalar shumqadam deb hisoblanadilar – aksholda eri o’lmas edi. Ba’zi o’ta diniy oila va jamoatchilikda beva ayolga yangi turmush qurayotgan kelin va kuyovning yoniga yaqinlashish mumkin emas. Qadimgi Hindistonda hatto shunday udum bo’lganki, unga ko’ra eri vafot etgan ayol eri bilan birga yoqilar edi.

Hindiston shaxmatning vatani. Bu o’yin birinchi bor yaratilganda – chaturanga deb nomlangan, ma’nosi “qo’shinning to’rt karra tabrigi” deb atalardi (fil, ot, va piyodalar figurasiga taalluqli).

Hindistonda dunyodagi eng katta kino-industriya –Bollivud bo’lib, u Munbayda joylashgan. Nomdagi “B” harfi Bombey shahrining bosh harfidan olingan. Bollivudning deyarli barcha filmlari – myuzikl janrida suratga olinadi.

Hindiston Indus daryosining nomidan kelib chiqib nom olgan. Indus so’zi Sanskrit tilidagi “sindhu” so’zidan olingan bo’lib, daryo degan ma’noni bildiradi. Sanskrit tilida esa Hindistonni hind milliy eposi bo’lmish- Maxabxaratdagi afsonaviy qirol xotirasiga “Bharat” deb ataydilar.

Hindistondagi eng ommaviy sport turi – bu kriketdir. U britaniyaliklar tomonidan olib kelingan sport turi bo’lib, hindlarga singib ketgan.

Hindistonning rasmiy tili ikkita: hundu va ingliz tillari. Shuningdek, hukumat yana 17 tilni tan oladi. Bundan tashqari mamlakatda1650 ta dialektda gaplashadilar!

Hind xalqi ovqatlanishdan oldin nafaqat qo’llarini,balki yuzlarini va oyoqlarini yuvadilar. Ovqat faqatgina o’ng qo’lda yeyiladi.Ko’pgina oilalarda esa ayollar erkaklardan keyingina ovqat tanovvul qiladilar.

Hindistonda motam rangi qora emas, oq rang hisoblanadi. Bevalar kelinlarnikiga o’xshash oq rangli liboslarni kiyadilar.

Hindistonning muqaddas Ganga daryosini ko’pchilik biladi. Biroq u yerda akulalar yashashini ko’p odamlar bilmas edi. Gangning chuchuk suvida yashaydigan akula –o’ta xavfli yirtqich bo’lib, inson go’shtiga muhabbati juda kuchli. Ehtimol akulalardagi bu odat daryoda oxirigacha yonib bo’lmagan inson jasadlarining qoldiqlarini yeyishlari natijasida paydo bo’lgan bo’lishi mumkin.

Qayg’uli ma’lumot: Hindistonning 8 ta shtatida 26 ta Afrika davlatlaridagidan ham ko’p qashshoqlar yashaydi.

1896 yilgacha Hindiston dunyodagi yagona olmos qazib olinadigan mamlakat hisoblangan.

Hindlar ingliz tilida gaplashadigan dunyodagi eng yirik millat hisoblanadilar.



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.