Kanal
Qiziqarli

BMT tomonidan taqdim qilingan, sayorani rivojlanishi bo’yicha 12ta havotirli faktlar

BMT tomonidan taqdim qilingan, sayorani rivojlanishi bo’yicha 12ta havotirli faktlar

1 milliardan ortiq odamlar hozirgacha chuchuk suv bilan ta’minlanmagan. Dunyodagi har beshinchi odam hali ham elektroenergiya bilan ta’minlamagan.

Dunyoni okeanini o’rtacha satxi 1901 yildan 2010 yilgacha 19 santimetrga ko’tarilgan. Bu isib ketish va muzlarni erishi tufayli sodir bo’lmoqda.

Har bir uchinchi odam sanitariyani asosiy hizmatlari bilan ta’minlanmagan, ulardan tualet va hammomlar. 1,5 milliardga yaqin odam hozirgacha ishonchli telefon hizmatlari bilan ta’minlanmagan.

2008 yilda degradatsiya va yerlarni kamayishi butun dunyo bo’ylab 1,5 milliard odamga ta’sir ko’rsatayodgan edi. Shu ham qiziqki, hozirda harobalarda 828 million odam yashamoqda, va bu raqam o’sib bormoqda.

Rivojlanayotgan davlatlarni qishloq hududlarda yashayotgan 80% odam, an’anaviy tibbiyotga ishonmoqda. Asosoy tibbiy yordam ko’rsatish uchun ular o’simliklar asosidagi dori vositalarini qo’llaydi. Shuning bilan, hozirgi vaqtda OITS Afrikada o’smirlar o’rtasida o’lim hodisalarini asosiy sababi.

66 million kichik maktab yoshidagi bolalar rivojlanayotgan davlatlarda darslarga och holda qatnashmoqda. Butun dunyo bo'yicha esa 121 million boshlang’ich va o’rta maktab yoshidagi bolalar iqtisodiy holati sababli maktabga borishmagan, 2014 yil holatiga. To’qnashuvlar ostida qolgan davlatlarga keladigan bo’lsak, 2011 yilda barcha bolalarni 50% boshlang’ich maktabga bormay qo’yishgan.

2013 yilda dunyodagi sarflanayotgan energiyani qolgan 5dan bir qismi energiyani tiklanayotgan manbailaridan kelayotgan edi. Agar butun dunyo energiya tejovchi lampochkalarga o’tganida, shunda har yili 120 milliard dollar tejalgan bo’lar edi

Global ishsizlik har yili o’smoqda. Masalan, 2007 yilda 170 million ishsiz erkak bo’lgan, 2012 yilda esa, atiga 5 yildan so’ng esa, 202 million.

Baholarga ko’ra, har yili butun ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqatni uchdan bir qismi shunchaki yo’qolib ketmoqda. U odamlarni ahlat paqirlarida chirimoqda (rivojlangan davlatlarda juda ham kam tushlik ohirgi ushoqgacha yeyiladi) yoki magazinlarda buziladi, shunday sotilmay qolib.

Iqlim o’zgarishi uchun energiya ustunlik qiladigan omildir. Aynan energiyani ishlab chiqarilishi sababli, umumiy gazlarni parlanishini 60% chiqariladi.

Rivojlanayotgan davlatlardagi ayollarni faqatgina yarmi, homiladorlikda kerak bo’lgan tibbiy parvarishini oladi. Kam rivojlangan davlatlarda bolalik o’limi qanday ekanini gapirishni ham hojati yo’q.

Dunyo okeanini 40% odamzod faoliyati bilan juda ham bog’liq. Hususan, eng ta’sir qiladigan omillarga ifloslanish, boshqaruvsiz baliqni ovlash va dengiz yashovchilarini ularni avvalgi yashash muhitidan maxrum qilish kiradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish