Stiven Xoking haqida 10 ta kam ma’lum bo’lgan faktlar


21 yoshida unda biqin amiotrofik skleroz (Lu Gerig kasalligi) degan kasallikni topishdi va shifokorlar unga uch yildan ko’p hayot kechira olmasligini aytishdi. Xokingga bu fikr umuman yoqmadi, va mana u 74 yoshigacha yashay oldi. Biz, albatta matematiklar emasmiz, ammo 53 yil, o’sha vaqtdan sanaganda, aniq 3 yildan ko’proq.


Siz ko’pgina yulduzlar kasalxonalarga bolalar ko’nglini ko’tarish uchun superqahramon kiyimida borishlarini bilarmidingiz? Xoking ham bundan mustasno emas – u hatto harakatlana olmasang ham qanchalik to’liq hayot kechirish mumkinligini ko’rsatish uchun kasal bolalar bilan uchrashib turadi. Shu bilan birga u, eftanaziya huquqi uchun kurashadi, va xayriya uchun pul yig’adi, shuningdek, u Ice Bucket Challenge va Paraolimpiya o’yinlarida ishtirok etgan. Aytgancha, superqahramonlar haqida…


КBilishingizcha, Stiven Xoking umuman harakatlana olmaydi. Ammo, unchalik emas. Uning yuz muskullari harakatlanadi, va u ular orqali gaplasha oladi. Ha, unda nutqni sintezlaydigan maxsus uskuna bor, shu uchun ham buni shubhasiz, Stiven Xokingning antiqa sehri deb atasa ham bo’ladi. Aytgancha, nutq sintezatorini u uchun ikkinchi xotinining birinchi turmush o’rtog’i ishlab chiqdi.
Bu juda ham qiziq va qarama-qarshi holat – dunyodagi eng aqlli inson bo’lish va bir vaqtning o’zida umuman harakatlana olmaslik. Xo’sh, unda Stivenning dunyodagi eng psixodelik guruhlardan biri Pink Floyd bilan hamkorlik qilishga rozi bo’lganligini tushunsa bo’ladi. Ha, Stiven Xoking ularning oxirgi albomi ustida ishladi, aniqrog’I ikkita albomi ustida: The Division Bell va The Endless River. Stiven Xoking “Talkin’ Hawkin” qo’shig’ida… ijrochi sifatida ishtirok etadi. Kompozitsiyada uning robotlangan ovozi va nutq sintezatori eshitiladi.
Stiven Xoking nafaqat qariyb qo’llari bilan Olamdagi qora tuynuklarni chetga suradi va dunyodagi eng zo’r guruh bilan kuylaydi, shuningdek u semirishni yomon ko’radi. Xoking umuman harakatlana olmasligini inobatga olgan holda, u nega shuncha sog’lom odamlar haddan tashqari semirib ketadi degan fakt bilan kelisha olmaydi. U hatto bu haqida video yaratgan, va unda quyidagi so’zlar jaranglaydi: “Baxtiga, yechim juda oson: jismoniy aktivlikning oshirilishi va ovqat iste’mol qilish tartibini o’zgartirilishi… Ishoning – bu oliy matematika emas”.
Xoking – albatta, daho olim, shu uchun ham u bizning sayyoramiz chegarasidan tashqari hayot borligiga ishonishi ham tushunarli hol. Va u hatto o’zga sayyoraliklar allaqachon bizning oramizda bor yoki NUJ – ularning kemasi deb ta’kidlaydi. Xokingning aytishicha, U YERDA nimadir bor, va agar biz qachondir o’zga sayyoraliklarni topsak, yaxshisi ulardan yashirinish kerak. “Agar o’zga sayyoraliklar qachondir biznig sayyoramizga tashrif buyurishsa, buning natijasi, Amerikaga qadam bosgan Kolumb holatidan ham battarroq holat yuzaga kelishi mumkin. Siz bundan keyin u yerda yashab turgan aholi bilan nima sodir bo’lganligi yodingizda bo’lsa kerak?”
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.