Kanal
Sayohat

Bu barga faqat dovyuraklargina kela oladi

Bu barga faqat dovyuraklargina kela oladi

Tall Arquitectos kompaniyasi o'zining   Mis darasidagi qoyalar chetida osilib turuvchi kichik restoran haqidagi "Copper Canyon Cocktail Bar" nomli loyihasini taqdim etdi.

Bu ajoyib bino 2 sathda bo'lishi rejalashtirilgan. Eng yuqori qavatda kichik hovuz, stollar va atrofni tomosha qilish uchun maydoncha joylashgan. 

Quyi qavatda esa bar joylashgan bo'lib, u yerga ichimlik ichish uchun faqat dovyuraklargina tushishi mumkin. Chunki quyi qavatning poli oynadan ishlangan. 

Albatta bu "ekstrimal" binoga balandlikdan qo'rqmaydiganlargina tashrif buyurishi mumkin.

Lekin balandlikdan qo'rqadiganlar Basaseachi sharsharasida ajoyib manzaradan bahra olishlari mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish