Kanal
Sayohat

Dunyoning eng boy va rivojlangan shaharlari reytingi

Dunyoning eng boy va rivojlangan shaharlari reytingi

Bu shahar – islom dunyosining asosiy moliyaviy markazlaridan biri va iqtisodiyot olamining jadallik bilan rivojlanayotgan markazlardan biridir.

 Seul odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik va jinoyat  bo’yicha eng kichik ko’rsatgichlarga ega shahardir. Shu bilan birga bu dunyoning texnologik poytaxtlaridan biridir.

Kopengagen – dunyodagi yashash uchun qulay bo’lgan eng yaxshi shaharlardan biridir. Bu shahar barcha reytinglarda yuqori o’rin egallab kelmoqda. Kopengagenda yashash va ishlash juda qulaydir.

.

Tadqiqodchilarning fikricha, Amsterdam  -  moliyaviy jihatdan barqaror va boy shahardir.

Makao – Xitoyning ma’muriy tumanlaridan biridir. Bu Xitoydagi qimor o’yinlariga rasman ruxsat berilgan yagona shahardir. Bu yerda xitoylik quturgan boyvochchalar o’zlarining boyliklarini sovuradilar. Shu faktlar hisobga olingan holda, ushbu shahar dunyodagi boy shaharlardan biri sanaladi va jahondagi qimor o’yinlarining poytaxti bo’lishga haqlidir.

Juda ajoyib shahar. Dunyoning turistik markazlaridan biri hamda qulay transport infratuzilmadir.

Bu – puli va sahrosi ko’p bo’lgan shahardir.Reytingning yuqori pog’onalaridan joy ololmasligiga noqulay iqlimi sababchidir.Ammo shayx bu kamchilikni ham bartaraf etganda albatta yetakchilik o’rinni qo’lga kiritadi. 

Bu – turistlar bilan doim gavjum bo’lgan shahar va dunyoning texnologik markazidir. Bu shahar biznes yuritish uchun juda qulay joydir. Biroq bu yerda tengsizlik indeksi dunyodagi eng yuqori ko’rsatgichlarga egadir.Kimdir milliardlab dollarlarni deyarli supurib oladi, kimlardir qashshoqlikda hayot kechiradi.

Bavariyaning poytaxti – Germaniyaning eng katta shaharlaridan biridir. Bu shaharda yirik kompaniyalarning shtab kvartirasi joylashgan, shuning uchun ham u reytingning yuqori pog’onalaridan joy olgan.

Bu shaharning Shvetsiya hamda Skandinaviyaning iqtisodiy markazi ekanligi ma’lum, biroq u ekologik jihatdan ham dunyoning eng yaxshi shaharlaridan biridir.

Fransiyada ishlash yaxshi, bu yerda profsoyuzlar a’lo darajada. Bu yerda shunchaki komfortda yashash mumkin. Shu bilan birga Parij –Fransiya va boshqa ko’pgina davlatlar uchun iqtisodiy yetakchi shahar hamdir.

Nyu-Yorkda odamlar doimo shoshib yuradilar. Bu xalqaro savdo va siyosat markazidir. Ammo transport infrastrukturasida muammolar bor.Bu shaharda boshqa soha bo’yicha muammolar borligiga qaramay, reytingning yuqori o’rinlaridan joy olgan.

Praga aholisining yashash darajasi Chexiyaning boshqa shaharlariga qaraganda ikki marotaba yaxshiroq. Umuman, Praga Yevropa Ittifoqidagi davlatlar ichidagi eng boy shaharlardan biridir. Bundan tashqari bu yer doim turistlar bilan gavjum.

Shotlandiya poytaxti hisoblangan EdinburgdaYevropaning eng nufuzli universitetlaridan biri joylashgan va shu bilan birga Britaniyaning moliyaviy markazi hisoblanadi.

Bu zamonaviy va yashash uchun juda qulay bo’lgan shahar. Bu yerda atrof muhitga javobgarlik hissi juda kuchli. Va albatta bu shaharning reytingning yuqori pog’onasidan o’rin olishiga Shvetsariya banklari ham hissa qo’shgan.

Bu juda boy shahar. Biroq Abu-Dabi dagidek bu yerda ham tevarak atrof ifloslanishi bilan bog’liq bo’lgan muammo bor. Atrofi sahro va ko’p-ko’p neft bilan o’ralgan.

London – bu London-da. Bu biznes, moliya, rivojlangan infratuzilma, turizm va hokazo.

Ajoyib infratuzilma, qulay joyda joylashgan, o’ta jadal sur’atda rivojlanayotgan iqtisodiyot va boshqalar. Bu yetakchi shahardir.

70 yil avval bu shahar haroba kulbalardan va juda katta portdan iborat bo’lgan. Keyinchalik bu shahar Buyuk Britaniyaning mustamlakachiligidan chiqib, mustaqil davlat maqomini oldi. Endilikda Singapur dunyoning eng boy va toza shahri bo’lib qoldi.   

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish