Aleksandr Pushkin haqida 10 ta fakt

Bugun sizga, taxminimiz bo'yicha Aleksand Sergeevichning o'zi keng ommaga bildirmagan, biografiyasining bir qancha faktlarni taqdim qilamiz.

1. Pushkin esini 4 yoshida tanigan. U bir necha marotaba sayrga chiqqan kunida yer qimirlagani va ustunlarning tebranib turganini ko'rganini aytib bergan edi. Moskvadagi oxirgi zilzila esa aynan 1803 yili qayd etilgan edi.


2. Aytganday, taxminan o'sha vaqtlarda Pushkinning imperator bilan birinchi uchrashuvi bo'lib o'tgan edi. Kichkina Sasha, o'sha kuni u bilan baravar sayrga chiqqan Aleksandr I ning oti tuyoqlari ostida qolishiga sal qolgan edi. Xudoga shukurkim, Aleksandr I otini to'xtatib qola olgan va go'dak shukastlanmagan. Yagona xazilakamiga emas qo'rqib ketgan odam bu Pushkinning enagasi edi.

3. Mashxur litseyga esa, ma'lum bo'lishcha, Pushkin tanish bilish orqali kirgan ekan. Litseyni vazir Speranskiyning o'zi tashkil etgan ekan. O'quvchilar yig'imi juda kichik - atigi 30 nafar odamni tashkil etgan. Biroq Pushkinning juda taniqli va iste'dodli amakisi - Vasiliy Lvov Pushkin bo'lgan edi. U Speranskoy bilan shaxsan tanish bo'lgan edi.



4. Bitiruv kechasi uchun tayyorlangan, a'lochi o'quvchilar ro'yxatida, Pushkin oxiridan ikkinchi bo'lgan.
5. Litseyda Pushkin birinchi bor sevib qolgan. Uning yutuqlari ro'yxatini o'qishdan ko'ra, u haqida odamlarning fikrlarini o'qish qiziqroq. Masalan, uning akasi Pushkin ko'rinishi unchalik ham yaxshi emas, bo'yi past bo'lganini, lekin nima uchundir ayollarga yoqqanini aytgan. Bu narsa, Pushkin ham sevgan, Vera Aleksandrovna Nashokinaning ta'sirli xati bilan ham tasdiqlanadi: "Pushkin juda jingalak sochli shaten, moviy rang ko'zli va ajablanarli yoqimtoy edi". Darvoqe Pushkinning akasining o'zi uni kimdir qiziqtirsa, u juda ham o'ziga rom etadigan bo'lib qolishini tan olgan edi. Boshqa tomondan, agarda Pushkin zerikkan va qiziqmagan hollarda, u zerikarli va chidab bo'lmaydiga bo'lib qolgan va uning nutqi sust bo'lgan ekan.

6. Pushkinning birinchi dueli litseyda yuz bergan ekan. Umuman olganda esa, uni duelga 90 marotabadan ko'proq chaqirishgan ekan. Pushkinning o'zi yuz ellik marotabadan ko'proq otishishni taklif qilgan. Sababi esa bir chaqaga arzimaydiga bo'lishi mumkin edi - masalan, Pushkin mayda chuyda narsalar haqida bo'lgan bahs mobaynida kutilmaganda kimnidir pastkash deb atab yuborishi mumkin edi. Va bu o'z o'zidan otishish bilan yakunlanar edi.



7. Yana Pushkinda qarta qarzlari bo'lgan edi va ular juda jiddiy edi. Lekin u deyarli doim ularni to'lash uchun mablag' topardi, biroq qandaydir ushlanib qolishlar yuz bergabda u o'z kreditorlariga yovuz epigrammalar yozib, daftarlarda ularga karikaturalar chizardi. Kunlardan bir kun shunday bir varoqni topib olishgan va juda katta janjal bo'lgan.
8. Ha, xorijliklar Pushkin haqida mana nima yozadilar. Aniqlanishicha, Evgeniy Onegin - bu umuman birinchi rus romani ekan (sherlarda bo'lsa ham). Shunday deb, 1961 yilning taxriridagi "Britaniya ensiklopediyasi" da yozilgan. Huddi o'sha yerda Pushkindan avval rus tili badiy adabiyot uchun umuman yaroqsiz bo'lgan deb yozilgan.

9. Aytganday, Rossiyada 1912 va 1914 yillarda Pushkinning she'rlar to'plamlari chiqqan edi. Ular xozir biografik noyoblikka aylanishgan. To'plamni tuzuvchi allaqanday V. Lenin bo'lgan, so'z boshini esa, A. Ulyanov yozgan. Lenin - nashirchi Sitinning taxallusi bo'lgan edi (uning qizini Elena deb atashar edi), adabiyotshunos Ulyanov esa familiyadosh bo'lgan xalos.
10. Va so'z oxirida qiziqarli fakt. To'g'risini aytganda u Pushkinning biografiyasiga u qadar taaluqli emas. Efiopiyada bir necha yil avval Pushkinga haykal o'rnatilgan edi. Chiroyli marmar postamentda esa "Bizning shoirimizga" degan yozuv yozilgan edi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.