Yer yuzidagi 17 ta “boshqa sayyoralik” joylar

1. Rasman Yamanga tegishli bo’lgan Sokotra orolida hayratlanarli Ajdar daraxtlari o’sadi, va uning qon kabi qalin sharbati“Ajdar qoni” deb ataladi. Aslida, bu yerdagi floraning uchdan bir qismi sayyoradagi boshqa bironta ham joyida uchramaydi.

2. Oltingugurtli hovuz ko’rinishdagi tugalmas dalalar Danakil nomli efiop pastligini yashash uchun eng qo’rqinchli va noxush joylardan biriga aylantirgan.

3. Xitoydagi qo’rqinchli Tyantzi tog’lari “Avatar” dagi Pandora sayyorasining suzuvchi tog’lari sifatida prototip bo’lib xizmat qildi.

4. Irlandiyadagi“Gigantlar Y’oli” 40 ming supersimmetrik vulqonli kolonnalardan iborat – butunlay yerga xos bo’lmagan qadimiy vulqon otilishi natijasi.

5. Namibiyadagi Dedvley – dahshatli,ozg’in va o’lik akatsiya daraxtlari tiqilgan quruq maydon.

6. Qizilqum eroziyasi natijasida27 mln yil oldin vujudga kelgan yorqin ranglarga bo’yalgan Xitoyning Chjanye Dansya tog’lari.

7. Mavritaniyadagi Rishat (yoki “Saxara Ko’zi”) tuzilmasi o’zidan ozgina ko’tarilib turgan, diametri 40 km ga yetadigan gumbazni ifodalaydi, va u aytishlaricha,boshqa sayyoraliklarning yerga kelishi emas, eroziya natijasida paydo bo’lgan ekan.

8. Vaymoto qadimiy yangi zelandiya g’orlari devorlari minglab mitti nurli qo'ng'izlar bilan qoplanganligi uchun yorqin yoritilgan.

9. Xitoydagi qizil qirg’oq – bu ulkan botqoqli joy bo’lib, o’zining nomini Sueda dengiz o'tlari uchun olgan, va ular kuzda yorqin malina rangiga bo’yaladi.

10. Turkmanistondagi omadli nomlangan “Jahannam darvozalari” – 1971 yilda, sovet burg’ulash uskunasi tabiiy gazli g’orga tushib ketganida70 m li tuynuk hosil bo’lgan. O’sha vaqtdan beri “Jahannam darvozalari”doimo yonib turadi.

11. Vayoming (AQSH) shtatidagi Shayton minorasi– bu 400 metr balandlikdagi qoyali tuzilma, va u “Uchunchi avlodning yaqin aloqalari” nomli trillerni suratga olish uchun ajoyib joy bo’lib xizmat qildi.

12. Iordaniyadagi yorqin qizil rangli Vadi Rum cho’li ko’pincha filmlarda mars rolini o’ynaydi, masalan, yaqindagi“Marslik” blokbasteridagi kabi.

13. Chilidagi noananaviy ko’kimtir Mramorli g’orlar Chili-Argentina chegarasidagi muz daryosida tabiat tomonidan yasalgan.G’orlar 6 mingyillar mobaynida to’lqinlarning urinib ishlov bergan ishidan dalolat.

14. Boliviyadagi Slar-de-Uyuni (sho’r Uyuni) 10 km2 maydonni egallaydi. Yomg’ir yog’ganida uning yuzasi ulkan oynaga aylanib qoladi.

15. Meksikadagi kristallar g’orideyarli 300 m chuqurlikda joylashgan. U, albatta ichida ulkan selenitkristallari mavjudligi bilan tanilgan. Uning ichida juda issiq – 58 gradusTselsiygacha yetib boradi.

16. Arizona shtatidagi Antilopa kanyoni – bu qumdan yasalgan syurrealistik tabiat tuzilmasi, uning ustida millionlab yillar mobaynida suv bosishlar va mussonlar ishlov berishgan.

17. Fillipindagi Shokolad tepaliklari– quruqlik mavsumi mobaynida jigar rangga bo’yaladigan, o’t bilan qoplangan ohaktosh sepmalari. Shu yerda nomi ham kelib chiqqan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.