Bir qarashda oddiygina, kichik uy. Lekin ichiga kirsangiz... Qoyil!

Lekin quyidagi hikoyamiz juda noyob. Unga qarasangiz bas, o'zingiz hammasini tushunib olasiz.

Gap shundaki, bu mitti uyning umumiy maydoni atigi 16 m² ni tashkil qiladi, unda 3 kishidan tashkil topgan oila va hatto bitta kuchuk ham istiqomat qiladi.


Kimdir bu uyda inson normal hayot kechira olmaydi deb o'ylaydi. Lekin uyning ichiga qaramasdan xulosa qilishga shoshilmang!

Bu mikrouyda hamma narsa: hammom, oshxona, mehmonxona, yotoqxona, balkon va hattoki kichik omborxona ham bor.





Uy, shubxasiz, ajoyib! Shaxsan men xuddi shunday kamxarajat uylarning tarafdoriman, lekin shunday savol tug'iladi: nega endi bu oila bunday sharoitda yashashga qaror qildi?


Belarussiyalik Oskirolar oilasi Minskda o'zi va bolalari uchun uy qurishni boshladi. Qurilish jarayonida ular ijaraga uyda yashashdi, bu ularga katta pulga tushdi. Har gal shahar markazidan shahar chekkasiga borish uchun esa ko'p benzin ishlatishga to'g'ri kelardi.

Yangi uy ularga 4600$ ga tushdi, endi ular ijara uy bilan solishtirganda oyiga 500$ dan tejab qolishadi. Va shuni ham hisobga olish kerakki, kommunal to'lovlar ham juda past.

Oilani uyning kichikligi umuman havotirga solmaydi. Aksincha, ular bu yerda o'zlarini qulay his qilishadi.

"Klaustrofobiya bilan oilamizda hech kim aziyat chekmaydi. Umuman olib qaraganda uyimiz unchalik ham kichkina emas. Kechasi mehmonxonadan tushgan nur uyning tepa qismiga tushmaydi, kimdir ishlashi, kimdir dam olishi mumkin. Hammom va oshxonada havoni almashtirib turadigan maxsus kanal bor. Agar uyni shamollatish kerak bo'lsa, yarim daqiqa eshikni ochib qo'yish kifoya.
Bunday uylar bir kishi uchun yoki oilaviy juftliklar uchun to'g'ri keladi. Bola bilan qiyinroq. Lekin ko'pchilik bu biz uchun vaqtinchalik ekanligini tushunadi. Katta uyimiz bitsa - u yerga ko'chib boramiz. Ozgina qiladigan ishlari bor", - deydi oila boshlig'i Viktor Oskirko.

Agar bu uy Belarussiyalik oilani qoniqtirsa, biz faqatgina bundan xursandmiz.

Sizchi? Shunga o'xshash mikrouylarda yashashga qanday qaraysiz? Balki Sizning mikrouylar foydasi uchun qarorlar qabul qiladigan tanishlaringiz bordir?
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.