Turli mamlakatlar, turli qoidalar: Suvenir olib chiqayotib, qamoqqa tushmaslik uchun maslahatlar.

Hamma gap olib chiqishni bojhona qoyidalarida, ular davlatga qarab o’z hususiyatlarga egadir. Plyajda barcha topilgan suvenirlarni ham, yoki masalan kurort magazinlarida olingan kremlarni, vatanizga olib ketishga ruxsat berishmaydi. Hattoki kosmetikani tyubiklarida davlat huhofazasidagi hayvon yoki o’simlik tabiatga ega bo’lgan modda bo’lishi mumkin. – bu ham muammo keltirib chiqaradi.
Demak, sayohatdan suvenirlar olib ketayotib, nimani bilish kerak.


Turkiya doim ham sayohlarga yahshi munosabatda bo’lmagan. 2014 yilda rus sayohlaridan biri bagajdagi, suvenir magazindan olingan kichkina toshni deb qamoqqa tushgan. Antaliya aeroportidagi bojhona hodimlari topilmani tarihiy qadriyat deb topishdi, uning uchun Turkiyada 12 yil beradi. Bu holda sud hukumi – shartli 1,5 yil va 22 000 rublgacha jarima.
Olib chiqish taqiqlangan:
• 100 yildan eskiroq bo’lgan antikvar mahsulotlar, tarihiy jihozlar gilamlar. Agar yangiroq bo’lsa muzeydan muvofiq sertifikat olish va chekni qo’shish kerak.
• Tarihiy artefaqtlarga barcha turdagi toshqotganliklar, plyajdagi toshlar, yo’l chetidagi toshlar yoki marmar siniqlari. Ular qadimiy Rim ustun parchasi yoki ellinistik davr siniqlari bo’lishi mumkin.
• 15 000 dollardan qimmatroq bo’lgan zargarlik mahsulotlari.
• Tuproq, yog’och parchalari, istalgan tabiy, geologik, antropologik, arheologik obyektlari.

Britaniyalik turmush o’rtoqlar bir necha yil avval misr aeroporti Luksorda hibsga olingan: ularning bagajidan qadimiy davr bronza tangasi va XVI asrda chop etilgan Bibliya topilgan. Bularni oddiy suvenirligini aniqlagan ekspertizadan so’ng, sayyohlarni qo’yib yuborgan.
Retro narsalarni sotib olayotib, sotuvchidan chek va mol tarihiy qadriyatga ega emasligi haqidagi hujjatni olishni unutmang.
Olib chiqish taqiqlangan:
• Marjonlar, timsoqlarni tulumi, dengiz chig’anoqlari, fil suyaklari va boshqa dengiz florasi va fauna. Bunday narsalarni olib chiqish mumkin, agar ular magazindan olinib, cheki bo’lsa. Marjonlarni kontrabanda yo’llari bilan olib o’tishga 1000 dollar jarima bor.
• Tarihiy artefaktlar. Tarihni har bir buyumi faqatgina mahsus hujjatlar to’plami bilan olib chiqilishi mumkin.
• 3000 dollardan qimatroq oltin.

Tailand aeroporti bojhona hodimlari bilmagan sayyohlardan Buddani shaklchalari va sur’atlarini musodara qiladi, ular olib chiqishga ruhsat olishni esidan chiqarishadi va Talang milliy muzeyiga berib yuboradi. Yuzta arzon statuetkalarga bitta qadimiy mingyilligi to’g’ri keladi.
Olib chiqishga taqiqlangan:
• Budda va bodhisattva sur’atlari, sig’inish buyumlari (bo’yin medalyonlaridan tashqari). Tailand bejirim san’at departamentidan yoki Talang milliy muzeyidan ruhsatni oling va qo’rqmasdan Budda figurkalarni kishi boshiga beshtadan olib chiqishingiz mumkin.
• Fil suyagi va toshbaqani sovutidan mahsulotlar, huddi boshqa muhofaza qilinayotgan hayvonlarni terisi va suyaklaridan bezaklar kabi.
• Dengiz mollyusklarini chig’anoqlari, ishlov berilmagan marjonlar va dengiz otchalari.
• Platinali taqimchoqlar, ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar, oltin yombilar.
• Marka va antikvariatda chek va bejirim san’atlar departamentini ruhsatnomasi bo’lmasa.
• Taylik tabletkalar bilan ehtiyot bo’ling. Tailandda narkotiklarni olib o’tishga o’lim jazosi bor.

2013 yilda Hitoy bojhonasida rus sayyohni qo’lga olishdi: nazorat postida unda signal ishlab ketgan, bagajda to’lanmagan bagaj borligi haqida. Shu aniqlandiki, sotuvchi shunchaki sotilgan kurtkadan belgini olib qo’yishni unutgan ekan. Magazinda tasdiqlashgan bo’lsa ham, bu ayol molni qonuniy yo’l bilan sotib olganini, hitoy politsiyachilari uni uzoq qamoqda olib turishgan, surishtiruv olib borib. Hitoyda o’grilarga 10 yil qamoq jazosi tayinlangan.
Tushunmovchiliklar bo’lmasligi uchun, cheklarni doim saqlab yuring.
Olib chiqish taqiqlangan:
• Badiy buyumlar va madaniy qiymatlar. Agar juda kerak bo’lsa, XXRsini san’at ishlari bo’yicha ma’muriyatdan sertifikat olish mumkin va antikvariyatni bojhonada belgilash.
• Yo’qolib borayotgan hayvonlar va o’simliklar, shu jumladan urug’lar.
• Qurol, shu jumladan suvenirli – qilich, shamshir, nayza va boshqalar.
• Taqiqlanmagan, lekin chegaralangan hitoy dorilari va uning uchun homashyolar – faqat shahsiy qo’llash uchun 300 yuan atrofida.

Nemis bojhonachilari o’ta qatiqqo’llik bilan ajralib turadi. 2009 yilda ular qimmat shveytsar soatlari va brendli sumkani Vitaliy Klichkodan musodara qilgan, chunki ularni deklaratsiyaga kiritmagan. 2014 yilda esa Djastin Biberdan maymunchani olib qo’yishgan, chunki qo’shiqchi Myunhenga kirishda hayvonga tegishli hujjatlarni taqdim qilmagan. Bagajda berkitilgan katta miqdordagi pul bilan chegaradan o’tishga harakat qilmasa ham bo’ladi. Shunday hodisa bo’lganki, nemis bojhonachilari ukrainalik sayyohdan deklaratsiya qilinmagan 125 mln evroni chekini tortib olishgan.
Olib chiqishga taqiqlangan:
• Bad’iy yoki tarihiy qiymatga ega bo’lgan buyumlar.
• Avtomobilda ketayotib zahira kanistrada 10 litrdan ko’proq benzinni olib yurish.

Shunday holat bo’lganki, grek bojhonachilari Afina aeroportida ikkita yosh amerikaliklarni to’htatgan, ular vataniga suvenir sifatida oltita odam bosh suyagini olib ketishayotgan bo’lgan. Ularni ta’kidlashicha Mikonos orolidagi do’kondan qonuniy sotib olishgan, donasini 25 evrodan, uni mulyaj deb o’ylab. Yoshlarga ayb qo’yilgan vafot etganlarni jasadini bulg’ashda. Faqatgina ikki yildan so’ng, uzoq surishtiruvlar va kengashdan keyin, grek sudi amerikaliklarni aybsiz deb topgan.
Olib chiqishga taqiqlangan:
• Barcha tarihiy buyumlar, turistlar juda ham qiziqarli lekin taqiqlangani haqida habari bo’lmagan Ellada vayronalarini va Akropol toshlarini qo’shib. Tarihiy haykalni nusxasini sotib olayotib, chek va bojhona uchun ma’lumotni olishni unutmang, harid tarihiy qiymatga ega emasligini.

Bashkiriyalik sayyohga ikki oy qamoqda o’tkazishga to’g’ri keldi: dollarni milliy valyutaga ayirboshlash vaqtida, kupyuralardan biri qalbaki bo’lib chiqdi. Rostovdan yana uch qiz uyga uchib ketishdan oldin, Dubay aeroportida hibisga olindi mehmonhona nomerida qoldirilgan suvenir dollarlar uchun, dugonalaridan biri tug’ilgan kunga sovg’a qilgan edi. Kupyuralarni mehmonhona oqsochi topib olgan va direktorga ko’rsatgan. Rossiyaliklarni “pul kupyuralarni ishlab chiqarish, saqlash va tashish” bo’yicha ayblanishda hibisga olingan. Ularga 12 yil berishlari mumkin edi, lekin rossiyalik konsullarni harakatlari honimlarni BAAdagi majburiy cho’zilgan ta’tildan saqlab qolishgan.
Olib chiqish taqiqlangan:
· Madany vatarihiy meros buyumlari.
· Palma mevalariva urug’lari.
· Yovvoyihayvonlar.
· Gilamlar, oltinva kumush mahsulotlar cheki bo’lmasa.

Finlik bojhonachilar muntazam sayyohlarni ovlaydi osetralik ikra, hom go’sht va baliq bilan. Kareliya yashovchisi bir kuni Finlyandiyadan 18 kg yangi muzlatilgan baliqni olib chiqmoqchi bo’lgan, ikki marotaba: birinchi marotaba uni ma’muriy javobgarlikka tortishganida va nokonuniy yuk bilan Finlyandiyaga qaytarishganida, u Rossiyaga moshinada yana bir marta chiqishga harakat qilgan.
Rossiyaga bitta odamga 50 kg molni olib kirish mumkin bo’lsa ham, ba’zi mohirlar “kilobuvilar” hizmatlaridan foydalanadi – savdogarlarni bojhonadan o’tishda hamroh bo’ladigan odamlar.
Olib chiqish taqiqlangan:
• Tuvaklardagi gullar.
• Osyotrali ikra.
• 50 yildan yoshi kattaroq san’at asarlari va antikvariyat maxsus ruhsatnamasiz. Qadimiy buyumlarni faqatgina sotuvchidan olingan maxsus guvohnoma bilan olib chiqish mumkin.

Shuni ham inobatga olinki, chet eldan olib chiqilgan hamma narsani ham vatanizga olib kirolmaysiz.
Rossiyaga olib kirish taqiqlangan
(suvenirlar qatoriga kiradiganlar):
• Qimmatbaho toshlar har qanday shakl va holatda, tamiy olmoslar, zargarlik mahsulotlaridan tashqari.
• Urug’lar.
• Tuvaklardagi o’simliklar.
• Harbiy aslahalar.
Olib kirish mumkin bo’lgan mollarni maksimal vazni – 50 kg.
Olib kirilayotgan mollarni qiymati havo chegaralarini kesib o’tayotib 10 000 yevrodan, boshqa chegaralardan o’tayotib 1500 evrodan oshmasligi kerak.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.