Adrenalin miqdori juda yuqorlarga chiqadigan 15 eng aqldan ozdiruvchi suv tepaliklari


«Drag Race»

Avtomobillarda poyga juda zo’r deb fikrdagilar uchun quyidagi tepalikdan uchib tushishni maslahat beramiz. Do’stlar bilan yonma-yon tepaliklardan, qorinda, gilamcha ustida, poyga o’ynab, kim oshdi qilib uchib tushishbu haqiqiy drayv bo’ladi.
«King Cobra»

Bu eng baland tepaliklardan biri bo’lib,o’zining qayilishlari va burilishlari bilan ham mashxur. Bu, ilon ko’rinishidaqilingan, 78 metrlik tepalik ichida 50 km/s tezlikgacha tezlanish mumkin bo’ladi.Tashqariga esa, tashrif buyuruvchi, “kobra” ning og’zi orqali uchib chiqadi vashu vaqtning o’zida uning ustiga kobra tishlaridan suv quyilib tushib turadi.
«Summit Plummet»

Aytishlaricha bu suv tepaligida erkin parvoz hissini his etish mumkin ekan. Aslida, bu qish mavzusidagi tematik attraksion, dunyodagi eng baland va eng tez hisoblanadi.
«Taumata Racer»

Deyarli to’liq vertical tushishnitaqdim etuvchi kamyob tepaliklardan biri. Qushimcha hissiyotlarni do’stlarbilan kim o’zarga tushish orqali olish imkoni bor.
«Verruckt»

Bitta aqldan ozdiruvchi uchib tushishga ham hali ko’pchilik qaror qila olmaydilar, agar bunday tushishlar ketma ket ikkita bo’lsachi. Bu kabisini Verruckt da sinab ko’rish mumkin bo’lib, uning nomi nemis tilidan “jinnilik” deb tarjima qilinadi. Kanzasdagi bu 51 metrlik baland tepalik dunyoda eng baland edi, ammo, uni 10 yoshlik bola u yerdan uchib tushayotganida, yuragi ko’tara olmay, halok bo’lganidan keyin yopib qo’yishdi.
«Jumeirah Sceirah»

Agarda 100 km/s tezlik kamdek tuyulsa, adrenalinning haqiqiy fanatlari Dubayga borishlari kerak. Jumeirah Sceirah suv tepaligida odamlar 130 km/s tezlik oshiradilar… Buning ustiga, pastga tushish, odam oyogi ostida turgan lyuk ochilib, uning ichiga tushib ketishdan boshlanadi.
«Leap of Faith»

Quyida keltirilgan ro’yxatdagi eng tez tepaliklardan bo’lmasada, bu tepalik akulalardan qo’rqadiganlar uchun eng daxshatli tepalik bo’lishi mumkin. Tashrif buyuruvchi shaffof truba orqali mayya ibodatxonasi va akulalar to’la basseyndan uchib o’tadi.
«Mammoth»

Bundan avval eng baland va eng tez tepaliklar ko’rsatilgan edi. Xozir esa, gap dunyodagi eng uzun tepalik haqida boradi. U boshqalardan shunisi bilan ajralib turadiki, undan do’stlar bilan birgalikda tushish mumkin hamda, u yopiq truba emas, balki ochiq tarnovga ko’proq o’xshaydi.
«Disco H2O»

Yaxshi bayram o’tirishlarini yoki klublarga borishni hush ko’radiganlar uchun bu suv tepaligi ideal to’g’ri keladi. Uchib tushish vaqtidagi baland musiqa va yarqiragan chiroqlar bu tushishni edda qolarliga aylantiradi.
«Cliffhanger/T5Twisters»

Aslida bu ikki tepalik bittada bo’lib: bir tomondan 25 metrlik tushish, boshqa tomondan esa, petlya va burilishlarga liq to’la tepalikdir. Odatda, quyidagi attraksionga kelan tashrif buyuruvchilar ikkala tepalikka tashrif etadilar.
«Blackhole»

“Qora teshikni”,odam bu attraksiondan to’liq qorong’ulikda burilishli truba bo’ylab tushisi, uniunikal qiladi. Shu vaqtning o’zida, turli taraflardan yonib ochuvchi, turli rangdagi chiroqlar periodik ravishda uchrab turadi.
«Aqua Duck Water Slide»

Aqldan ozdiruvchi biror nimani istaydiganlar va shu bilan birga uning sekin bo’lishini hoxlaganlar uchun Aqua Duck Water Slide to’g’ri keladi. Bu tepalikdan shoshmasdan solcha ustida, shaffof truba orqali uchib tushish mumkin.
«Insano Water Slide»

Ko’pchilik odamlar o’tkir his tug’ularniva tez yurishni yoqtiradilar. Beshinchi nuqtangizda noldan 100 km/s gacha tezlanish haqida nima deysiz? Aynan shunday narsani braziliyaning Fortrealidagi suv tepaligida amalga oshirish mumkin. U Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan.
«Kamikaze Slide»

Keyingi suv tepaligi Kanadada, Magic Mountain akva bog’ida joylashgan. Bu 30 metrlik suv tepeligidan odam 100 km/stezlik bilan suv oqimibilan birga pastga uchib tushadi.
«L2»

Keying suv tepaligining uzunligi 120 metrdan oshiq bo’lib, shu bilan bir qatorda, avvaliga odam oyoqlari ostida ochiladigan lyuk ichiga tushib ketib, so’ngra bir qancha aqlbovar qilmas halqalardan va burilishlardan uchib otib chiqadi. L2 ning eng yaxshi qismi bo’lib, tashrif buyuruvchi “parvoz” ga ketishdan avval atrofdafi Alplarga ochiladigan, go’zal manzaradan bahramand bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishi hisoblanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.