Kanal
Qiziqarli

1966 yildagi Toshkent zilzilasi

1966 yildagi Toshkent zilzilasi

Zilzila o’chog’ida yer silkinishining magnitudasiRixter shkalasi bo’yicha 5,2 ballni tashkil etdi. Yuzada esa seysmik kuch 8balldan yuqori ko’rsatgichga ega bo’ldi. Toshkentdagi yer silkinishi yer ostigumburlashidan boshlandi. 2-9 km chuqurlikda manbalar ko’chishi sodir bo’ldi.O’choq shahar markazining ostida joylasahganligi sababli barcha vayronali kuchshu hududga to’g’ri keldi. Toshkent chekkalarida seysmik quvvat 6 ballnitashkil qildi. Silkinishlar 10-12 soniya davom etib turdi.

1966 yildagi Toshkent zilzilasi – birinchi yersilkinishi emas, bu yerda avval ham yer silkinishlari sodir bo’lib turgan.Shahar ostida tektonik plitalar joylashganligi sababli, bu yer seysmik aktivhudud sanaladi, shuning uchun bunday tabiiy hodisalar bu yerda tez-tez sodirbo’lib turadi. Biroq 1966 yildagi zilzila eng vayronali yer silkinishi bo’ldi.

Zilzila kuchu juda dahshatli edi, biroq tabiiy ofatmarkazi juda ham chuqur emas edi. Shuning uchun ham vertikal to’lqinlar uzoqqatarqalmadi va shu narsa shaharni yo’q bo’lib ketishdan asradi. Biroqpoytaxtning markaziy qismi katta talafot ko’rdi: vayronalar hududi 10 km nitashkil etdi. Silkinishlar vertical holatda bo’lganligi sababli hattoki paxsauylar ham buzilmay qoldi. Ko’pgina binolar yoriqlar bilan qoplandi, biroqsilkinishlarga bardosh berdi. Aynan mana shu omil odamlarni o’limdan asrabqoldi. Halok bo’lganlar soni 8 kishini tashkil etdi. Ikki yuzdan ortiq odamjarohat oldi, keyinchalik esa kuchli hayajonli qo’rquvni boshidan o’tkazganko’pgina qariyalar vafot etdi.

Toshkent zilzilasi oqibatida shahar aholisining yarimiuysiz qoldi. Bir necha soniya ichida ikki mln kv turar joy maydoni yaroqsizholga keldi. 78 ming nafar oila uy-joysiz qoldi, zilzila natijasida ma’muriybinolar, savdo ob’ektlari, kommunal xizmatlar, o’quv muassasalari, tibbiyot va sanoatbinolari vayron bo’ldi.

Yer osti silkinishlari bir necha yil davom etdi, 1969yilgacha seysmologlar 1100 takroriy silkinishlarni qayd etdilar. Engkuchlillari 1966 yilning may, iyun oylarida hamda 1967 yilning mart oylaridakuzatildi. Silkinish kuchi Rixter shkalasi bo’yicha 7 ballni tashkil qildi.

Toshkent zilzilasi shahar aholisidan katta matonatnitalab qilar edi.Bir kecha kunduz davomida yo’laklar va o’tlar ustida palatkalarqurilib, ularga odamlar ko’chirildi. Odamlar bir-birlariga qo’ldan kelganchayordam berib, bir-birlarini qo’llab quvvatlab turdilar. Shaharda biror birtalon-tarojlik voqeasi sodir bo’lmadi.

1966 yildagi Toshkent zilzilasi odamlarnijipslashtirdi. Shahar jadal tezlikda qayta qurila boshlandi, qishga kelib 300ming aholi yangi uylarga ko’chib o’tdi. Uch yilga qolmay zilzilaning barchaoqibatlari bartaraf qilindi. Shahar chetida yangi mavzelar barpo qilindi,shahar markazi esa qayta tiklandi, maktab, ma’muriy binolar, madaniy dam olish muassasalariqad ko’tardi.

Toshkent kuchli tabiiy ofatni boshidan o’tkazdi, biroqSovet Ittifoqi respublikalari yordamida qayta tiklandi. Toshkent shahriningmaydoni 1,5 barobar kattalashdi. Shuningdek aholi soni ham ortdi:  bugungi kunda shaharda yuzdan ortiq millatvakillari istiqomat qiladilar.

Toshkent zilzilasining 10 yilligi munosabati bilanshahar markazidagi yangi turar joy mavzesida “Jasorat” arxitektura kompleksiqurildi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish