Kanal
Qiziqarli

Dubay shahzodasining ertaklardagidek hayoti

Dubay shahzodasining ertaklardagidek hayoti

 Zamonamiz shahzodalarning hayoti sehirli ertaklardagiga o'xshaydi: ularda qimmatbaho yaxtalar, o'z samolyotlari va eng qimmat avtomashinalari bor. Shunday me'rosxo'rlardan biri - 32 yoshlik Dubay shahzodasi Xamdan bin Muhammad bin Rashid al-Maktum bo'lib, Instagram tarmog'idan aktiv foydalanib, o'zining hayotidan foto sur'atlar chop etib turadi. Keling, boyligi 18 milliard dollarni tashkil etuvchi bu shahzodaning hayratga soluvchi hayotini ko'rsatuvchi fotosur'atlarni ko'raylik.

Sheyx Xamdan Dubayda Rashidning xususiy maktabini tamomlab, Sandxerstdagi quruqlikdagi xarbiy kuchlar xarbiy o'quv yurtida o'qigan. Bu xarbiy o'quv maskani Buyuk Britaniyada juda nufuzli va obro'li bo'lib, o'qish 3 yilni tashkil etadi. Bundan tashqari, shahzoda London iqtisod kolledji va Dubay administrativ boshqaruv kolledjida tahsol olgan.

Dubay  hokimining etti o'g'li orasida eng yorqini, otasi kabi sher yozadi. Uning sherlari asosan romantik, patriotik va o'z oilasi to'g'risida. U sherlarini Fazza, tezlik va xar ishda omadni anglatuvchi, tahallusi ostida chop etadi.

Sheyx Xamdan Dubay shahar komitetining vakili, Dubay sport komiteti prezidenti, Dubayning autizm tadqiqot markazi va yoshlar biznesi ligasining homiyidir.

A'lo hazratlari mohir chavandoz bo'lib, Osiyo Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan.

Shahzoda harakatlanishi uchun reaktiv samolyotdan to asl arab  limuzinado otlargacha hamda o'zi ko'paytiradigan tuyalardan foydalanishi mumkin.

Shahzoda Xamdan nafaqat davlat ishlarida, shu bilan birga hayriya loyihalarida faol ishtirok etib, imkoniyati cheklangan odamlar huquqlarini himoya qiladi.

Sheyx Xamdan balandlikdan sakrash va avtomobillarga juda ishqivoz.

Shahzoda lochin ovi bilan qiziqadi. Lochin oviga Xamdan bu yili O'zbekistonga tashrif etgan edi.

Xamdan sur'atga olishga qiziqadi. O'z sahifasida ko'pincha sur'atga sifatli va to'g'ti olish maslahatlari bilan bo'lishadi.

Shahzoda Evropaga tashrif etganida ko'pincha velosiped yordamida harakatlanadi.

Oliy hazratlari sportni juda yaxsh ko'radi. ayniqsa dayving va serfingni.

Yosh shahzoda baliq ovini ham hush ko'radi.

Dunyodagi eng baland binoning eng tepa nuqtasidan selfi.

Ukasi bilan.

Sahrodagi piknik.

Shahzodaning davlati 18 milliard dollarni tashkil etadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish