Kanal
Layfxak

Kiyimlarni dazmolsiz tekislash

Kiyimlarni dazmolsiz tekislash

Hayotimizda har xil vaziyatlarga duch kelamiz. Masalan, ko’rinishimiz ayni saranjom bo’lishi kerak bo'lgan kun-u, biroq kiyimlarni dazmollashning iloji yo’q. Bunday vaziyat kelib chiqishiga elektr to’kining o’chib qolishi, dazmol yo’qligi yoki siniqligi sabab bo’lishi mumkin.

Xavotir olishga aslo o’rin yo’q, axir saranjom ko’rinishning boshqa usullari ham bor ekan. Bugun siz bilan ajoyib sprey retseptini bo’lishamiz. U kiyimlarni tez va dog’larsiz tekislay oladi.

Kerak bo’ladi:

Pulverizatorli toza idish;

1 osh q.soch konditsioneri;

1 osh q. oq uksus;

2 stakan distillangan suv.

Barcha ingredientlarni istalgan ketma-ketlikda idishga solib, aralashtiriladi. Kiyimlarni tekislash uchun esa, kiyimning g’ijim qismlariga tayyor bo’lgan spreyni pulverizator yordamida sepiladi. Keyin qo'l bilan kiyimni yozib, ilgichga ilib qo'yamiz. Kiyim to'liq tekislanguniga qadar boshqa ishlaringiz bilan shug'ullanib tursangiz bo'ladi.

Natijani esa o’zingiz ko’rishingiz mumkin. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish