Kanal
Sayohat

Dunyo xalqlari an’anaviy to’y liboslari ko’rinishlari

Dunyo xalqlari an’anaviy to’y liboslari ko’rinishlari

Garb davlatlari udumiga ko’ra kelin to’ymarosimiga odatda oq rangdagi libos kiyadi. Dunyoning boshqa davlatlarida to’ymarosimida kiyiladigan an’anaviy liboslarga ham nazar solib ko’raylik. Kimdirrang barang va ko’z qamashtiradigan libos kiysa, yana kimdir qo’l va yuziniyangi oilaviy hayot boshlanishi munosabati bilan bo’yoqlar bilan bo’yar ekan. Ba’zilaresa yuzini taqinchoqlar yoki yopinchiq vual bilan berkitar ekan.Quyidakeltirilgan ro’yxatga qarab o’zingiz uchum ilhom bo’luvchisini toping!

  1. Hindiston

    Hind madaniyatida kelin rasm bo’lgan qizilyoki pushti rang libos kiyadi. Mamlakatning shimolida kelinlarni peshonadagiqizil doiracha orqali tanib olish mumkin.

     

2. Nigeriya

Nigeriyada 250 xil millatlar istiqomatqilib, ular 500 dan ortiq til va shevalardan foydalanishadi. Shuning uchun hamto’y udumlari har bir qabilada o’zgachadir. Shu bilan birga Nigeriyakelinlariga xos hislat bu kelinlik libosida yorqin ranglarni ishlatish va o’zmilliy bosh kiyimlarini kiyishlaridadir.

3. Gana

Ganada to’y marosimi juda ham yorqin bo’lib,har bir oila o’z naqshlaridan kelin va kiyovlarning liboslarini yaratishdafoydalanishadi.

4.Mo’g’uliston

An’anaviy mo’g’ul to’ylarida kelin hamkiyov ham dil deb nomlanuvchi milliy naqshli kostyum kiyishadi. U libosnikiyish mo’g’ul hamda O’rta Osiyo ko’chmanchi qabilalari o’rtasida ko’p asrlikan’anadir.

5. Yaponoya

Pokizalik va iffatlilikni ramzi bo’lgan oqkimono kiyish an’anaviy yapon kelinlarinig libosidir. To’y marosimi tugagachkelin qizil rangli omad belgisini anglatuvchi kimono kiyib olishi ham mumkinekan.

6. Qozoqiston

Qozoq to’ylarida kelin caukele nomlimilliy bosh kiyimni yopinchiq bilan birga kiyadi. Caukele qiz bola balogatyoshiga etishidan ancha oldin tayyorlanib qo’yilar ekan.

7. Shotlandiya

Shotlandiyada erkaklar o’z qavmi ramzitushirilgan kilta libosida uylanadilar. Marosim tugagach kelin ham huddi shuramzlar tushirilgan shal yopinchigini kiyib, o’zinig turmush o’rtogi qavmigamansibligini ko’rsatar ekan.

8. Ukrain Karpatlarinig Gusullari

Gusullar bu Ukrainaning Karpat regionidayashovchi ukrainaliklarning guruhidir. An’anaviy gusul to’y libosi - yorqin varang barangdir. Marosim o’z ichiga ko’pgina o’yin, qo’shiq va raqslarini oladi.

9. Ruminiya

Ruminiya shimoli-garbiy qismidagiTransilvaniya kelinlari shunday ko’rinishda bo’ladi. Bu yerda to’y marosimiyoshlarning ota-onalari tomonidan uyushtirilib, juda katta dabdaba bilan o’tadi.Tayyorgarlik o’z ichiga ko’plab marosimlarni oladi. To’y liboslarini tayyorlashham shu marosimlar sirasiga kiradi.

10. Gora regioni (Kosovo va Makedoniyaoraligida)

Gora regionida yashovchi aholi musilmonlarbo’lib, lekin ularning rasm rusmlari o’z ichiga ko’p majusiy elementlarni hamolgan. Kelin to’y marosimiga shohona bezatilgan soyabon va sharf bilan oq ot usidao’tirib keladi.

11. Xitoy

Xitoydaqizil rang omad ramzi hisoblanib, yovuz ruhlari quvishiga ishoniladi. Shu sababliham kelin ham kiyov liboslarida bu rang aks ettiriladi.

12. Yakan xalqi

Bu xalq Bazilan nomli Filippin orolidayashaydi. An’anaviy to’y ikki qismdan iborat bo’lib, bu islomiy va majusiyqismlardir. To’y marosimi yoshlarning ota onalari tomonidantashkilllashtiriladi. Kelin va kiyov uzlariga naqsh rasmlar chiziladi.

13. Vengriya

An’anaviy venger to’ylarida kelin libosiyorqin gullar va gulli naqshlar tushurib, uch hil rangda bezatiladi. Bundantashqari kelin ko’p qavatli yubkalar kiyib, udum bo’ldan bosh kiyimni kiyadi.

14. Norvegiya

“Byunad” Norvegiyada an’anaviy to’y libosihisoblanadi. Bu libosni faqatgina to’y marosimlariga kiyib qolmay boshqatantanali kunlarda ham kiyiladi. Bunga misol cho’qintirish marosimi.

15. Peru

And kelinlari libosi bu plash, poncho vayapaloq bosh kiyimidir. Ular yorqin ornament bilan bezatiladi. Kiyov hambezalgan ko’ylak va poncho kiyadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish