Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?

Anjir vitamin A, B1, B2, C, oqsil, pektin, kalsiy, temir moddalariga boy bo’lib, ko’p miqdorda iste’mol qilinsa, ich qotirish hususiyatiga ega.

Anor vitamin C, folat kislotasi, uglevod va organik moddalarga boy. Ichni qotiradi.

Gilos tarkibiga vitamin B1, B2, PP, C, uglevod, kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, temir moddasi, organik kislota, pektin va karotin moddalari kiradi.

Olma tarkibida vitamin C, A, B1, B2, PP, folat kislotasi, uglevodlar, organik kislotalar, pektin, mis va temir moddalari mavjud.

Nok vitamin C, A, B1, P, PP, ugelvod, organik kislota, fitonsidlar, fermentlar, mis, folt kislotasi, temir moddasi, pektin va azotli moddalarga boy.

Limon allergik meva hisoblanadi. Tarkibida vitamin C, B1, B2, PP, organik kislota, flavanoid, fitonsid, karotin, fosfor, kalsiy, natriy, qand moddalari bor.

Apelsin ham allergik meva sanaladi. Vitamin B1, C, fitonsidlar, karotin, uglevod, organik kislotalar va efir moyiga ega. Ich yumshatish hususiyatiga ega.

Banan alllergik meva hisoblanib, tarkibiga vitaminlar guruhi, kaliy, uglevodlar va mineral tuzlar kiradi.

Namatak qaynatmasi C av B guruhi vitaminlariga boy, undan tashqari, tarkibida organik kislotalar, likopin, riboksatin, flavanoidlar uglevod, pektin, kaliy, temir moddasi, kalsiy, magniy, fosfor moddalari mavjud.

Tarvuz vitamin B1, B2, C, uglevod, karotin, organik kislota, folat kislotasi, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor va temir moddasini o’z ichiga oladi.

Pomidor vitamin C, B1, B2, PP, aminokislotalar, uglevod va organik kislotalarga boy bo’lib, tarkibida kaliy, kalsiy, magniy, temir moddasi va boshqa ko’plab foydali moddalar mavjud.

Behi vitamin C, uglevod, organik kislotalar, efir moyi, temir va kalsiy moddasiga boy.

Do’lana B1, B2, PP, C, E, uglevod, yog’,efir moyi, karotin, organik kislotalar, xolin, asetilxolin, flavanoidlarga boy. Ichni qotirish hususiyatiga ham ega.

Olcha tarkibida ko’plab vitaminlar va organik, kislotalar bor.

Karamda B1, B2, B6, PP, C, K vitaminlari, uglevod, karotin, fermentlar, aminokislota, natriy, fosfor, magniy, oqsil va pantoten kislotasi mavjud.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.