Kanal
Qiziqarli

Ko'z va aqlni chalg'itishga qodir optik illuziyalar

Ko'z va aqlni chalg'itishga qodir optik illuziyalar

Agar siz kulrang chiziqlarni birlashtirsangiz, ular aslida bir xil rangda ekanligini tushunasiz. Biroq, turli xil fon tufayli ularning rangida farq bordek ko'rinadi.

Agar siz rasmga diqqat bilan qarasangiz, yurak harakatlanayotganini ko'rasiz. Bu xayol ingichka oq chiziqlar va ularning mayda-chuyda yo'nalishlari hisobiga kelib chiqadi.

Suratning chekka qismida singan kataklarni ko’rishingiz mumkin. Ammo agar siz rasmning markaziga taxminan 20 soniya davomida diqqat bilan qarasangiz, kataklar tiklanganini ko’rasiz. Buning sababi, bizning miyamiz butun rasmni ko'rishni yaxshi ko'radi va uni qayta tiklashga intiladi.

Qizil chiziq uzunroq ko’rinishiga qaramay ikkalasi ham bir hil.

Ishonishingiz qiyin, biroq qizil chiziqlar aslida to’g’ri. Ular suratda joylashgan doiralar tufayli ham bizga egri bo’lib ko’rinadi. 

Sizningcha, bu chiziqlar egilganmi? Aslida, ular to'g'ri va illuziya o'tkir burchaklarda birlashgan segmentlar tufayli paydo bo’lgan.

Bir qarashda, bitta dori ko'k rang, ikkinchisi esa binafsha rangga o'xshaydi.Aslida, ular ikkalasi ham kul rangdir va "rang" effekti esa yorqin fon tufayli paydo bo’lgan. 

Suratni biroz yuqoriga va pastga siljitayotganda, gilamcha plitka bo'ylab "suzayotgan"dek ko'rinadi.

Bu ikki chiziq ham aslida bir hil uzunlikda, biroq ongimizda pastdagisi uzunroqdek tuyuladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish