Gullar haqida qiziqarli ma'lumotlar

Dunyodagi eng kichik gulning diametri atigi 1 millimetrga teng. Sayyoradagi eng katta gul esa tropik o'simlik - Arnoldning rafflesiyasidir. Uning diametri 91 santimetr, vazni 11 kilogrammga teng.
Oq gullar mavjud emas - aslida ular rangsiz bo’ladi, ya'ni rang pigmentlari yo'q va shunchaki quyosh nurini aks ettiradi. Qora pigment ham ranglar dunyosida mavjud emas – gul rangi to’q qizil yoki to’q binafsharangga ega bo'lishi mumkin.

Gullar kechasi o’zining urug’lari sovuq shudring bilan zararlanishining oldini olish uchun yopiladi.
Asalarilar ultrabinafsha ko'rish qobiliyati tufayli gullarni nektarli va nektarsizini ajratib olishadi.
Gulning qo’ng’iroqlari guldagi nektarni yomg'irdan himoya qilish uchun pastga egilgan bo’ladi.
Avstraliyada rizantella orhideyasi yer yuzida emas yer ostida gullaydi. Uning changlanishi asalarilar tomonidan emas, balki qo'ng'izlar tomonidan amalga oshiriladi.

Sayyoramizdagi eng qadimgi atirgul Germaniyaning Xildsxaym shahrini 1000 yildan buyon bezatib turadi.
Olimlar insonlarning gulga qanday munosabatda bo’lishiga qarab gullarning reaksiyasi o’zgarishini isbotlashgan.
Dunyodagi eng qimmat gulni taxminan 5 ming dollarga sotib olish mumkin. Bu Malayziya tog'larida o'sadigan va faqat 15 yilda bir gullaydigan oltin orxideya gulidir.
Yer yuzidagi eng baland gul Indoneziyaning g'ururi sanalmish -Amorphophallus titanumdir. U yerdan 3 metr balandlikda ko'tariladi. Uning yer osti og’irligi- 50 kilogrammni tashkil etadi va qalinligi 5 metrga yaqin. Ushbu gigant gul o’zidan tuhumning hidiga o’xshash iforni taratadi.

Bir necha asrlar davomida lolalar hukmron sulola Usmonlilar imperiyasining ramzi bo'lgan.
Eronda lolalar o'z vatani uchun jonini fido qilib, halok bo'lgan askarlarning ramzi sifatida qabul qilinadi.
Pionalar to'y marosimlarini bezatadigan gullar sifatida mashhurlikka erishmoqda, chunki ular omad va baxtli nikohni anglatadi.
Ilgari, yunonlar pionalarni o'nlab kasalliklarni davolashga qodir deb hisoblashgan, shu bois bu gullar uchun ular har qanday monastir bog'idan joy ajratishgan.

Buyuk rus yozuvchisi Ivan Turgenev nargiz gulini o’zining eng sevimli guli deya atagan.
Xitoyda nargiz guli yangi yil bayramining ajralmas qismi bo’lib, kelajakdagi baxtning garovi hisoblanadi.

Gullar tili: ranglar nimani anglatadi?
Gul sovg'a qilishdan oldin uning rangi nimani bildirishini bilib olish foydali. Qizil atirgul muhabbat va ehtirosni, oq atirgul poklik va samimiyatni anglatadi. Sariq gullar do'stlik va quvonch ramzi, pushti ranglar esa minnatdorchilik va hurmatni ifodalaydi. Binafsha gullar hayrat va sirli muhabbat belgisi sifatida qabul qilinadi.
Shu sababli guldasta tanlashda faqat go'zallikka emas, balki rang ma'nosiga ham e'tibor berish kerak. To'g'ri tanlangan rang sovg'angizga qo'shimcha ma'no beradi.
Ko'p beriladigan savollar
Dunyoda nechta gul turi bor?
Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, yer yuzida 400 mingdan ortiq gulli o'simlik turi mavjud va bu son yangi turlar kashf etilishi bilan ortib bormoqda.
Dunyodagi eng katta gul qaysi?
Eng katta gul Raffleziya (Rafflesia arnoldii) hisoblanadi. Uning diametri 1 metrga, og'irligi esa 10 kilogrammgacha yetadi. U Indoneziya o'rmonlarida o'sadi.
Qizil atirgul nimani anglatadi?
Qizil atirgul muhabbat, ehtiros va chuqur his-tuyg'ularni ifodalaydi. Aynan shu sababli u sevgi izhori uchun eng ko'p tanlanadigan gul hisoblanadi.
Gulni uzoqroq saqlash uchun nima qilish kerak?
Guldastani uzoqroq saqlash uchun poyasini qiya qilib kesing, suvni har kuni yangilang, vazani salqin joyda saqlang va to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuridan uzoqroq tuting. Suvga bir chimdim shakar qo'shsangiz, gullar yanada uzoq turadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.