Xitoy va xitoyliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar


2200 yil avval Xitoyda oyoqda o’ynaladigan to’p o’yini paydo bo’lgan va u keyinchalik u Yevropaga yetib borib, futbol, deya nomlangan. Ilk futbol to’pi teridan tayyorlangan bo’lib, ichi qushlarning patlari hamda ot sochlari bilan to’ldirilgan.

Avvalam bor, shuni aytib o’tish kerakki, Xitoy va Yevropa mamlakatlaridagi Yangi yil boshqa-boshqa sanalarda nishonlanadi. Xitoyliklar hisobi bo’yicha Yangi yilning dastlabki kuni 21 yanvar bilan 20 fevral oralig’idagi oy to’lgan kunga to’g’ri keladi. Shuning uchun bu kun yildan-yilga o’zgarib ketaveradi. Xitoyda bunday Yangi yil 15 kun davomida nishonlanadi.

Xitoy egallangan maydon bo’yicha 4 chi o’rinda turadi, temir yo’llari ham butun mamlakatni qamrab olgan. Aslida Xitoy temir yo’llari shunchalik uzunki, u bilan Yer atrofini ikki marotaba aylanib chiqish mumkin bo’lar edi.

Hech bir mamlakat Xitoychalik jadallik bilan o’smaydi. Xitoyda bir yilda 73 ta osmono’par binolar qad ko’taradi, bu har besh kunda bitta baland imorat quriladi, degani.

Shunga qaramay, Xitoyda kamida 95 mln. odam Facebook ijtimoiy tarmog’idan foydalanadi, ular VPN servislari orqali blokirovkadan qutulib qolganlar. Xitoyliklarning boshqa bir qismi esa Facebookning o’rniga ijtimoiy tarmoqni eslatuvchi turli xil saytlarni yaratdi.

Agar siz xitoy tilini o’rganish – behuda ish, deb hisoblagan bo’lsangiz, fikringizni o’zgartirganingiz ma’qul. Axir dunyo aholisining 20% ini xitoyliklar tashkil etadi, bu har beshinchi odam – xitoylik, degani.

Bu familiya egalari mamlakat aholisining 20% ni tashkil etadi. Demak, har beshta insondan bittasi Van, Li yoki Zan familiyaga ega. Xitoy aholisining soni salkam bir yarim milliardligini hisobga oladigan bo’lsak, bu juda katta ko’rsatgich.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.