Kanal
Qiziqarli

Eksklyuziv, hashamat va dabdaba ixlosmandlari uchun atalgan o’ta qimmatbaho Yangi Yil sovg’alari

Eksklyuziv, hashamat va dabdaba ixlosmandlari uchun atalgan o’ta qimmatbaho Yangi Yil sovg’alari

Bahosi 700 000 $ atrofida. Mystery Masterpiece Limited Edition nomli bu ruchka qimmatbaho brendlar tomonidan chiqarilgan bo’lib, zumrad, brilliant va yoqut toshlar bilan bezatilgan.

Bahosi 30 800 000 $. Kitob ixlosmandlari uchun eng qimmatbaho sovg’a bu kitob. Dunyodagi eng qimmatbaho kitob – bu “Xammer kodeksi” bo’lib, u Leonardo da Vinchining ishlari va teoriyalari to’plamidir. U dunyoda yagona ekzemplyarda, nushasi yo’q. Bill Geyts bu kitobni 1994 yilda 30,8 mln $ sotib olgan, dunyoning mashhur muzylarida namoyishga qo’yib borgan.

Bahosi 100 000 dollar. Lucky Strike tomonidan ishlab chiqarilgan bu sigaretaning tarkibi aslida oddiy tamaki. Qimmatligi qutisida – u 18 karatli oq oltin, 1 ta rubin va 1 ta katta olmosdan yasalgan.

Ulun nomli Xitoy choyi, 1 kg – 3000$. Kashtan mazasiga ega bu choy 7 martagacha damlanguncha ham mazasini saqlab qoladi.  

Narxi 48,5 mln $. Pushti rang briliiantli Falcon Supernova iPhone oddiy telefon emas. Hashamat va dabdaba ixlosmandlari uchun eng yaxshi tuhfa. Pushti brilliant yoqmasa, apelsin va mobiy rangli qimmatbaho toshlilari ham bor. 

Bahosi 5000 $. “Yu”, ya’ni yomg’ir nomli atir Xitoyda bor-yo’g’i 500 ta flakonda chiqarilgan. Bu atirning qimmatbaholigi uning noyob ifori va betakror ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq. 

Narxi 23 350 $. Shvetsariyaning  Patty Says Now kompaniyasi ushbu qimmatbaho kompyuter sichqonchasini ishlab chiqargan. Uning korpusi 18 karatli oq oltindan qilingan va 59 ta brilliant toshlar bilan bezatilgan. Hashamat ixlosmandlari uchun ajoyib sovg’a.

Narxi 775 000 $. Kollektsiya buyumlari hamisha ajoyib tuhfa bo’lib kelgan. 1023 yilda chiqarilgan Leica O-series apparati bugungi kunga kelib bor-yo’g’i 12 ta nusxada qolgan, shuning uchun uning narxi mana shunday qimmat. 

Narxi 62 000$. Guerlain kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu pomadaning korpusi 18 karatli oltindan va 199 ta brilliantdan yasalgan. Yaxshiyam u uzoq vaqt ishlatishga mo’ljallangan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish