Kanal
Qiziqarli

Yangi yil dasturxoni uchun 3 g‘oya: Salatni qay usulda bezatish mumkin?

Yangi yil dasturxoni uchun 3 g‘oya: Salatni qay usulda bezatish mumkin?

Bugun sizga Yangi yil salatini kelgusi yilga mos ravishda bezatish uchun ajoyib g‘oyalarni taqdim qilamiz.

300 gr qaynatilgan tovuq go‘shti

5 dona qaynatilgan kartoshka

2 dona qaynatilgan sabzi

200 gr qo‘ziqorin

2 dona piyoz

5 dona tuxum

200 gr pishloq

ta’bga ko‘ra tuz va mayonez

Kartoshka va sabzi mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib olinadi. Tuxum sarig‘i va oqi alohida idishlarda maydalanadi, pishloq ham ehtiyotkorlik bilan qirg‘ichlanadi. Tovuq go‘shti somoncha shaklida to‘g‘raladi, piyoz esa o‘simlik yog‘ida qovuriladi. Qo‘ziqorinlar tova ichida qovurib olinadi. 

Salat idish ichiga kartoshka + qo‘ziqorin + piyoz + tovuq + mayonez +kartoshka + mayonez + sabzi + mayonez + tuxum oqi + pishloq ketma-ketligida solib chiqiladi. Salatning ustki qismi tuxum sarig‘i bilan bezatiladi.

Qaynatilgan tuxumning ustki qismida ikkita kesik hosil qilingach, pishloqdan kesilgan quloqlar joylashtiriladi. Sichqonning ko‘zlari qora murch donasidan, dumi esa pishloqdan hosil qilinadi. 

Mazkur salatni tayyorlash uchun o‘zingiz istagan masalliqlar uyg‘unligidan yoki biror taniqli salat retseptidan foydalanasiz. Bu borada sizga odatiy "Olive" salati yoki tovuqli salat retsepti ham yordam berishi mumkin.  Mayonez bilan birga aralashtirilgan salatni uchburchak shaklida likop ustiga joylashtirib, chetlari va ustki qismiga pishloq bo‘lagini yopishtirib chiqamiz.  Yon tomonlariga esa tuxumdan tayyorlangan "sichqoncha"lar joylashtiriladi. Uning qanday tayyorlanishini avvalgi salat orqali yaxshi bilib oldingiz.

 300 gr krab tayoqchalari

5 dona qaynatilgan tuxum

200 gr qaynatilgan guruch

200 gr konservalangan jo‘xori

tuz va mayonez

 

Tuxum hamda krab tayoqchalari mayda kesiladi, keyin esa guruch, jo‘xori, tuz va mayonez bilan qorishtirib olinadi. Salatdan sichqonlarning tana qismi yasab chiqilgach, ustidan qirg‘ichlangan pishloq sepiladi. Aynan o‘sha pishloq bo‘laklaridan quloqlari va dum qismi hosil qilinadi. Sichqonlarning ko‘zlarini yasashda esa qora murch donalaridan foydalaniladi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish