Kanal
Oshxona

Inglizlar o'zbek milliy taomlari haqida hikoya qilishdi

Inglizlar o'zbek milliy taomlari haqida hikoya qilishdi

"Agar ba'zi ovqatlar go'shtga boy bo'lsa, boshqalari un, guruch, sabzavot va ziravorlardan iborat. O'zbek oshpazlari bu mahsulotlardan taom tayyorlaydilar, biri biridan mazali va ajoyib – chuchvaradan  tortib kabobgacha", deyiladi xabarda.

Nashr eng mashhur taomlar deb quyidagilarni nomladi: somsa, lag’mon, norin, sho’rva, kabob,manti, palov va patir. "Taomlar shoxi" bu respublikaning barcha bayramlarida va maxsus kunlarida tayyorlanadigan oshdir.

"Bugun o'zbek milliy oshxonasida turk, qozoq, uyg'ur, mo'g'ul va boshqa madaniyatlarning ta'sirini ko'rishimiz mumkin", deydi tadqiqotchilar.

Eslatib o'tamiz, o'zbek oshxonasi bir necha madaniyatlarning uyg'unlashishi va butun Osiyo uchun muhim savdo chorrahasi - Farg'ona, Toshkent va Samarqand vohasida ko'p yillik rivojlanish natijasida vujudga kelgan.

Ayniqsa, bu yerda X-XII asrlarda bo’lib o’tgan fors va turkiy madaniyatlar uyg’unlashishi ta'sir ko'rsatdi. Bu yerda o'zbek va tojik oshxonalarining o'ziga xos umumiyligini kuzatish mumkin. Shu bilan birga, eng yaqin geografik qo'shnilar -qozoq, qoraqalpoq va turkmanlar oshxonasidan jiddiy farq qiladi.

19-asrda O'rta Osiyoning Rossiyaga qo'shilishidan so'ng, o'zbek xalqining ko'p asrlik oshxonasi rivojlanishida o’sish kuzatildi. Kartoshka, pomidor, karam, turp kabi sabzavotlar yetishtirila boshlandi, bu oshxonani yangi taomlar bilan boyitishga yordam berdi.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish