Kanal
Avto

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Yoqimtoy ayiqcha yasash usuli

Ish uchun sizga kerak bo'ladi:

Jun matosi;

To’g’nog’ich; 

Igna va ip;

Suniy charmdan parcha-burun teshigi uchun;

Ikkita qora munchoq;

Sintifon

Ayiqchaning formasini chop ettiring yoki bo’lmasa kerakli hajmda chizib so’ngra kesib oling. Jundan burun uchun 2 dona, qo'llari uchun 4 dona shakl kesib oling. Oq jundan, ko'zlar uchun doiralarni qirqing, sun'iy charmdan – burun kesing.

Ko’zlarni ayiqcha tanasiga qo’yib to’g’nog’ich yordamida birlashtiring. So’ngra tikuv mashinasi yoki bo’lmasa qo’lda tikib qo’ying.

Panja uchun kesilgan shaklchalarni juft qilib birlashtirib chetlarini kontur bo’ylab tikib chiqing. Faqatgina pastki qismi ochiq qolsin. So’ngra o’giring.

Tana qismini yuza tomonini ichkariga to'g'irlab  birlashtiring. Shu jarayonda ayiqchaning qo’llarini ham joylashtirib oling. 

O'yinchoqni chetidan 0,5 sm qo’ldirib tikib qo'ying, pastidan bo’lsa o’g’irish uchun teshik joy qoldiring. Ayiqchani old tomoniga og’iring.

Ayiqchaning ichini sintefon bilan to’ldiring va teshik joyini ko’rinmas qilib tikib qo’ying.

Kichkina yoqimtoy ayiqchamiz deyarli tayyor holatga keldi. Uni  yakunlash uchun esa qora ipdan og’iz tikib chiqing.

Endi esa katta burun yasashni boshlashingiz mumkin. Charmdan kesilgan doira bo'ylab igna va ip yordamida tikib chiqing . Ipni torting. Burun dumaloq shaklda yeg'ilganini ko'rasiz.

Burunni tikib qo'ying va ko'zga esa qora munchoqdan qorachiqni joylashtiring. 

Bizning yoqimtoy ayiqchamiz tayyor. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish