Kanal
Oshxona

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

125 gr un

2 choyqoshiq karri

1 choyqoshiq kurkuma

1 dona tuxum

200 ml kokos suti (yoki sigir suti)

bir chimdim tuz 

1.            Un elakdan o‘tkazib olingach, ichiga karri, kurkuma va tuz qo‘shiladi. Barcha masalliqlar o‘zaro aralashtiriladi. 

2.  Unning o‘rtasida chuqurcha hosil qilinadi va asta-sekinlik bilan kokos suti quyiladi. Xamir venchik yordamida aralashtiriladi. 

3.   Aralashma ichiga tuxum chaqiladi. 

4.   Xamir polietilen paket ichiga quyilgach, paketning bir uchi kesiladi. Tayyor xamir qizdirilgan o‘simlik yog‘i ustidan gul shaklidagi naqsh ko‘rinishida siqib chiqariladi. 

5.   Blinchikning ikkala tomoni ham tillarang tusda qovurib olinadi. 

6.    Sovigan blinchiklar uchburchak shaklga keltiriladi va shu holatda dasturxonga uzatiladi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish