Kanal
Qiziqarli

O‘zga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

O‘zga millat vakillarini hayratga soluvchi Yaponiyaning ajabtovur jihatlari

Bu yerlik odamlar bir-birlarining uyiga hech qachon mehmonga borishmaydi, ular vegeterianlikni mutlaqo tan olmaydilar va bu haqida avvaldan ogohlantirgan insonni ham go‘sht bilan obdon siylashadi. 

Demak bugun Yaponiyaning bizlar uchun mutlaqo noodatiy bo‘lgan jihatlari haqida so‘zlashamiz.

Bundan bir necha yillar avval ko‘plab mamlakatlarda urfga kirgan turli rangdagi bo‘yoqlar, sochga yaltiroq tus berish tushunchasi yapon qizlari uchun mutlaqo begona. Maktabda tahsil oladigan qizlarning sochrangi tabiiy bo‘lishi talab etiladi. Agar qizning sochlari to‘q qora rangda bo‘lsa, bu o‘zining tabiiy rangi ekanligini isbotlovchi dalil, misol uchun bolalikdagi suratini olib kelishi talab etiladi. 

Yorqin pushti soch rangiga ega bo‘lganlar esa - anime muxlislari bo‘lishi mumkin holos. 

Yaponiyada o‘ta yaqin tanishlar, misol uchun do‘stlarni ham hech qachon uyga mehmon sifatida chaqirmaydilar. Sababi ushbu mamlakatda istiqomat qiluvchi odamlar fe’l-atvori yetarlicha yopiq bo‘ladi. Barcha uchrashuvlar jamoat joylarida belgilanadi. Yaponlar shunchaki zerikkani sababli birovning uyiga mehmonga borishmaydi: kimningdir uyiga tashrif buyurish uchun yetarlicha jiddiy sabab bo‘lishi kerak. 

Yaponlar tanovul jarayoniga o‘ta jiddiy yondoshadilar. Shu sababli ham hech qachon mahalliy odamlarni ko‘chada yurib ovqat yegan holatda uchratmaysiz. Ammo ichimliklarni maxsus avtomatlar yonida ichib olishlari mumkin. Jamoat transportlarida yegulik iste’mol qilish ham aqlga sig‘maydigan holat sanaladi. 

Tokio markazida yuzaga kelgan katta tirbandliklarda ham mashinalar signalini eshitishingiz dargumon. Fuqarolar tirbandlik holatlarida o‘zlarini juda bosiqlik bilan tutishadi, boshqalarni bezovta qilishni istamaydilar ham.

Boshqa mamlakat haydovchilari tirbandlikda o‘zlarining noroziliklarini signal orqali bildirsalar, yaponlar buni surbetlik belgisi deya qabul qilishadi. 

Mahalliy taomlarning hech biri vegeterianlar uchun mo‘ljallanmagan.Yapon taomlarining barchasiga jonivorlar go‘shti qo‘shilgan bo‘ladi. Hattoki oddiy ugra ham go‘shtli bulyonga solib qaynatiladi. Shu sababli Yaponiyaga tashrif buyurgan vegeterianlar bu yerda och qolib ketishlari mumkin.

 

Yaponiyada barchaning ko‘z o‘ngida burun artish – insonlarni tahqirlash bilang teng sanaladi. Kasallangan odamlar esa tibbiy niqob taqib yurishlari kerak bo‘ladi.

 

Kunchiqar mamlakat odamlarining hayoti juda shiddatli, ular odatiy ish kunidan keyin sevimli mashg‘ulotlari, sport yoki sayohat bilan shug‘ullana olmaydilar. Agar yaponlar haftasiga 60 soatdan ishlaydigan bo‘lsalar dam olish uchun mutlaqo vaqtlari qolmaydi. 

Yaponiyada odamlar boshqa birovning vazifasini hech qachon bajarib qo‘yishmaydi. Sababi aynan mana shu vazifa insonni jamiyaning to‘laqonli a’zosiga aylantiradi. Agar pochta maktublarini taxlab qo‘ysangiz yoki farroshning o‘rniga chiqindi chelagini bo‘shatishga qaror qilsangiz, o‘sha inson bu ishingizni uning o‘rnini egallash maqsadida amalga oshirilgan narsa degan hayolga boradi. 

Tokio shahrida chiqindi idishlari deyarli yo‘q bo‘lib, insonlar chiqindilarni ko‘cha chetlariga tashlab ketishadi. Ularni esa bu yerdan maxsus xizmat vakillari yig‘ib oladilar. Bunga sabab 2000 yillarda chiqindi idishlariga ko‘plab minalar tashlab ketilgani va teraktlar oqibatida ko‘plab inson halok bo‘lganlaridir. 

Yaponlar jamiyatida bir muddatli nigoh ham katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ovozingiz birozgina o‘zgarib qolsa ham “Ahvolingiz yaxshimi?” degan savolni eshitishingiz ehtimoldan holi emas. Ayol eriga o‘z muhabbatini izhor qilish uchun unga maxsus retsept asosida choy damlab berishi yoki uning uchun mevalarni ajoyib usulda bezatishi kerak.

Mamlakatda patriarxat g‘oyalari haddan tashqari kuchli. Buni rasmiy ravishda ta’kidlamasalar ham, ayollarning asosiy vazifasi – uy-ro‘zg‘or ishlari ekanligini ko‘pchilikning tilidan eshitishingiz mumkin. Agar ayol ishlash va pul topishga qaror qilgan bo‘lsa aynan shunday lavozimda ishlaydigan erkak hamkasbiga nisbatan kamroq pul olishga ko‘nikishi kerak. 

Ishdagi rahbar bilan barga borish va ulfatchilik qilish - Yaponiyada keng tarqalgan an’ana. Aytishlaricha, bu ishdagi aloqalarning ham yaxshilanishiga yordam berar emish. Rahbarlar o‘z xodimlarini biror yerga taklif qilar ekan, ularning barchasini o‘z cho‘ntagidan mehmon qilishi kerak. 

Odatdagidan ko‘proq ishlash qo‘shimcha haq olishga sabab bo‘lishi kerak, aslida. Ammo xodimlarning oyliklari ularning bir kunda necha soat ishlashlariga qarab emas, bu yerda qancha muddatdan beriishlayotganiga qarab belgilanadi. Shu sababli ham ayrim makkor xodimlar bitta vazifani bir necha kuchga cho‘zib, o‘zlarini o‘ta band odamdek ko‘rsatishadi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish