Bu qiziq! Dunyodagi 8 ta eng qimmatbaho buyumlar


“Rim yoquti” nomli uzum navi faqat Yaponiyaning Isikava viloyatida osib sotuvga qo’yiladi va shu yerda har yili kim oshda savdosi o’tkazilinadi. Bu uzumlarning terilishiga aloxida e’tibor qaratishadi: har bir meva 30 gramm dan og’irroq bo’lishi shart, bir boshi esa kamida 700 gramm ni tashkil etishi kerak. 2008-chi yilda bu mevaning 1 gramm narxi 26$ ni tashkil etgan, ammo har yili narxlar o’zgargan, va 2017-chi yilda bir uzum boshi 9 800$ ga sotilgan.

Bu qushlarning turi XX asrning boshlarida qirilib ketgan, ammo uning pati 2010 yilda rekord narxga sotilgan – 10 000$. Bu qushlar Yangi Zelandiyada ko’p uchragan. Hatto hozirgi kunga kelib internet-do’konlarda bu qushning patlarini topish mumkin, o’rtacha narxi 1 000$, ammo bu patlarning sofligini aniqlab bo’lmaydi va ehtimol ularning katta qismi qalbaki.

Bu modda yorituvchi sifatida har-xil moslamalar va buyumlar uchun ishlatiladi, masalan: soat, kompas, brelok, ko’rsatuvchi va ogohlantiruvchi yozuvlar. Bu moddaning yoritish xususiyati doimiy va quvvatlanishga ehtiyoji yo’q. 1 gramm tritiyning narxi 30 000$.

Agar sizlarga 1 litr suvning narxi 60 000$ desam-chi? Albatta, bunga ishonish qiyin, lekin shunday suv bor. Bu dunyodagi eng qimmat va noyob suv hisoblanadi – Acqua di Cristallo Tributo a Modigliani. Uni Fidji orollarining buloq suvi bilan Islandiyaning muzlaridan erib tushgan suvni aralashtirib tayyorlanadi.

Luxturna nomli dori hatto irsiy ko’rlarning ko'rish qobiliyatini tiklaydi. Ishlab chiqarish jarayonida bu dorining narxi 1 mln aqsh dollarida baholangan edi, ammo uning narxi 425 000$ ga tushdi bir ko’z uchun.

“Katta qizil xalat” – Xitoydagi eng qimmat choyning nomi. Yilda bir marotaba butaning 4ta birinchi barglari bilan bir dona shoxchasi uzuladi. Bu choyning narxi 685 000$ ga baholanadi, chunki bir yilda 500 gramm dan ham kamroq ishlab chiqarishadi.

Deathstalker nomli bu chayonning zaxari dunyodagi eng qimmatbaho suyuklik deb tan olingan. Ushbu zaxarning 1 litri 10,5 mln aqsh dollarida baholanadi. Ammo, muammo shundaki, chayon har gal 2 mg zaxar ishlab chiqaradi, va shuning uchun bu ancha vaqt talab qiladi. Zaxarning qimmatbaholigi uning tarkibidagi moddaning miya osimtasini davolashda kerak bolishi bilan tushuntiriladi.

Kaliforniy-252 – bu dunyodagi eng qimmatbaho metall. U saraton kasalligiga qarshi nurli terapiyada qo’llanadi. Bir gramm Kaliforniy-252 ishlab chiqarish uchun kyuriy yoki plutoniy yadro reaktorida 8 oydan 1,5 yilgacha nurlanadi. Bir yilda ushbu metalldan 20-40 mkg tayyor bo’ladi, dunyo zahirasida esa atigi 8 gramm bor, shuning uchun 1 gramm Kaliforniy-252 metallning narxi 250 mln aqsh dollarida baholanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.