Shokolad tanlashni bilasizmi? U haqidagi afsona va haqiqatlar bilan tanishib chiqamiz!

Uning tarkibida baxt gormonlari – serotonin va endorfinni rag’batlantiruvchi aminokislotalar mavjud.

Xaqiqiy shokolad tarkibiga kiradigan kakao yog’i tishlarga zarar yetkazmaslikdan tashqari, ularni shakarning zararli ta’sirlaridan himoyalovchi qatlam bilan o’rab qo’yadi.

Allergiyaning sababi shokolad tarkibiga qo’shilgan yong’oq va xushbo'ylashtiruvchi bo’lishi mumkin.

Shokolad tarkibiga kiruvchi antioksidant – polifenollar tufayli ushbu shirinlik miyaning o’ylash jarayoni tezligiga ta’sir etadi.

Tabiiy kakao kofeini yog’lar erishini rag’batlantiradi. Salonlarda mashxur bo’lgan shokoladli o’rash muolajasi tellyulit va ortiqcha vazn bilan kurashishda yordam beradi. Buni o’zingiz uy sharoitida ham amalga oshirishingiz mumkin: 250 gr shakarsiz kakao kukuni 200 gr iliq sut bilan aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan bo’tqa teriga surtilib, plyonka bilan o’raladi va 20 – 40 daqiqa qoldiriladi. Biron natijaga erishish uchun muolaja 7 – 10 marta amalga oshirilishi zarur.

Og’izda eriydigan narsalarning hammasi ham shokolad emas. O’ramga e’tibor qarating – unda mahsulot tarkibi, energetik quvvati, saqlanish muddati, ishlab chiqaruvchi manzil va shtrix kod ko’rsatilgan bo’lishi zarur. So’ng mahsulot tarkibiga baho berib ko’ring. Eng qimmat komponent – kakao yog’i. Ayrim “tejamkor” ishlab chiqaruvchilar ushbu komponent o’rniga boshqa yog’lardan foydalanadilar. Tabiiy mahsulot tarkibida faqatgina kakao yog’i bo’ladi. Agar shokolad sotib olgan bo’lsangiz – u , sifatidan shubxangiz bo’lsa, qo'lbola shokoladni quyidagi usul bilan ham aniqlashingiz mumkin: tabiiy shokolad maydalanganda qarsillaydi va og’izda tez erib ketadi.

Kuniga 100gr dan oshmagan shokolad tanovuli qomatingiz uchun xavfli emas. Achchiq shokolad va kaloryasi biroz ko’proq bo’lgan sutli shokoladlarni qo’rqmasdan iste’mol qilavering.

Oq deya ataladigan shokoladni kakao yog’i, shakar, quruq sut va vanilindan kakao kukuni qo’shmasdan tayyorlanadi.

Shaxsiy shokoladingizni tayyorlash uchun sizga turli qo’shimchalar, masalan, zanjabil tukati, kunjut, yong’oq kerak bo’ladi. Shokoladni suv hammomida eritib oling. So’ng uni 41 darajada qizdiring, 27- 29 darjada sovuting, so’ng yana 32 darajada qizdirib oling. Eritilgan shokoladga qo’shimcha mahsulotlarni solib aralashtiring. Massani qolipga quying, silkiting, pufakchalardan halos bo’lish uchun biroz sovuting. 10 daqiqadan so’ng shokolad tayyor!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.