Kanal
Oshxona

Gulzor yaratishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Gulzor yaratishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Daraxtlar va o‘simliklarni ekish uchun injenerlik rechasi – yer osti kommunikatsiyalari chizmasi kerak bo‘ladi. Elektr ta'minoti, gaz va suv yo‘llari aynan shular jumlasidan. Aks holda qurilish payti biror to‘siqqa duch kelib qolsangiz, barcha narsalarni o‘zgartirishga ham majbur bo‘lasiz. Shu sababli gulzor tashkil qilishdan avval hududni yaxshilab o‘rganish kerak. 

Uyingizdagi bo‘sh joyni bir nechta qismlariga bo‘lib oling va ularning har birini alohida jihozlang. Odatda ularni quyidagicha taqsimlashadi:

1. Yashash qismi (uy, yozgi oshxona va ichki hovli);

2.Xo‘jalik qismi (turli xo‘jalik qurilmalari);

3. Bog‘ va  tomorqa;

4. Dam olish hududi (o‘rindiqlar, basseyn, so‘ri).

Hudud qismlarini rejalashtirib bo‘lgach, yo‘laklar haqida ham o‘ylashingiz mumkin. Ular yurish qulay bo‘lgan joylardan o‘tishi kerak. Ularni tekis yo‘nalishda hosil qilish shart emas. To‘lqinsimon yo‘laklar tekis yo‘laklarga nisbatan qiziqarliroq ko‘rinadi. Yaxshisi, ularni bir yo‘nalish orqali birlashtiring. 

Balki sizga vertikal holatdagi rejalashtirish chizmasi kerak bo‘lar. Rel'efni tuproq qazish, tuproq to‘kish kabi usullar bilan to‘g‘irlab chiqsangiz, barchasi mukammal ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu borada landshaft mutaxassislariga murojaat qilish ham mumkin. Ular hududning barcha sifatlarini ko‘zdan kechirib, kerakli rel'efni hosil qilib beradilar.

Reja tuzish paytida barcha mayda jihatlar – shamol yo‘nalishi, vaqti, soyalar, issiq va salqin hududlarning hammasini hisobga oling. Shundan keyin qay bir o‘simlikni qaysi joyga ekish kerakligini osonroq aniqlab olasiz.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish