Kanal
Oshxona

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Krossvordlar, hayolda sanash, mantiqiy  vazifalarga yechim topish, she’rlarni yodolish, chet tillarini o‘rganish - miya faoliyatini a’lo darajda rag‘batlantiradi. Bundan tashqari ular hotirani yaxshilovchi eng oddiy va samarali usullar hamdir.

Amerikalik olimlarning hulosa qilishlaricha, taomnomaga kiritilgan uzum sharbati hotirani 20% ga yaxshilaydi. Uzum sharbati tarkibida ko‘plab antioksidantlar bo‘lgani bois u miyani yoshartirish xususiyatiga ega. 

Piyoda sayr qilish, lo‘killab yugurish, raqslar - bularning barchasi tanani chiniqtirish bilan bir qatorda miya faoliyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bunday faollik miyaga kislorod yetib borishini ta’minlaydi va ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. Bilasizmi, Franklin Ruzvelt ma’lumotlarni ajoyib usulda eslab qolgan ekan. Buning uchun u yangi tanishgan insonlarining qiyofasini ularning ismlari peshonasiga yozilgan holatda hotirasiga muhrlar, keyingi safar ko‘rganida ana shu peshonadagi yozuvbilan tanishining ismi ham esiga tusharkan. Ushbu “nou-xau”ni o‘zingizda ham sinab ko‘ring. 

Biror ma’lumotni, masalan telefon raqamlari, manzil yoki ismni ovoz chiqarib aytgan paytimizda ularni eslab qolish imkoniyati kattalashadi.

Keraklicha uyqu -salomatlik garovi. To‘yib uxlagan insonlar ko‘proq yashashlari ham ilmiy tomondan isbotlangan. Uyqu paytida inson organizmi bo‘shashgan holatda bo‘ladi, yosharish gormonlari faollashib ketadi.To‘yib hordiq olgan organizm bilan inson uyquga to‘ymaydigan insonlarga nisbatan ma’lumotlarni ikki marta tezroq va yaxshiroq eslab qoladi.

Meditatsiya, yoga, uqalash muolajalari ham diqqatni biryerga jamlash borasida beqiyosdir.

Har tong uyg‘onganingizdan keyin ko‘zlaringizni turli tomonlarga 30 soniyadan harakatlantiring. Bu hotirani 10% ga yaxshilab berishitan olingan fakt. Mashqlar paytida miya yarimsharlari bir-biri bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Biror muhim ma’lumotni eslab qolishingiz kerak bo‘lsa, uni o‘rganish uchun tonggi 7-10 va tungi 17-20 dagi oraliq vaqtlarni tanlaganingiz ma’qul. Ushbu vaqt oralig‘ida miyaning ish  layoqati 30% ga qadar faol bo‘ladi. 

Eslab qolishning eng yaxshi usullaridan biri - ma’lumotni yahlit ibora ko‘rinishida hotiraga joylashdir. Bu yorqin, esda qoladigan qiyofa  yoki so‘z bo‘lishi kerak. Bu borada iforlar ham yordamga kelishi mumkin. 

Salomatlik va to‘g‘ri taomlanish hotiraga katta ta’sir ko‘rsatadi. Iste’mol qilish uchun tarkibida ko‘p miqdorda antioksidantlar bo‘lgan mahsulotlarni tanlang. Chernika, brokkoli, ismaloq, yong‘oqlar, sitrus mevalar, lavlagi, qora olxo‘ri va mayiz shular jumlasidandir. Bundan tashqari Omega-3 kislotasi haqida ham unutmaslik lozim. 

 

Hotirani rivojlantiruvchi eng foydali yetakchilardan biri -V guruhidagi vitaminlar sanaladi. Misol uchun V12 vitamini yetishmasligi hotiraning pasayishiga olib kelishi mumkin. Uni baliq, go‘sht, tuxum, parranda go‘shti tarkibidan topsa bo‘ladi. Bundan tashqari S va Ye vitaminlari ham buboradagi beminnat yordamchilardir. Aterosklerozdan holi bo‘lish uchun taomnomadagi yog‘lar, margarin, sariyog‘ miqdorini kamaytirish kerak.Yog‘larning kundalik taomnomadagi me’yori sutkasiga 90 gr. dan oshib ketmasligi lozimligini unutmang.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish