Kanal
Qiziqarli

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni ko’zdan nari qiluvchi 14 g’oya

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni ko’zdan nari qiluvchi 14 g’oya

Quyida aynan shu to’g’risida siz uchun kerakli va qiziqarli bo’lgan ma’lumotlarni jamlashga harakat qildik.

Plitaning oldida, ishchi hududda, osma shkaflarning ostiga bir necha ko’rkam yog’och dastaklarni o’rnating. Bu yerda kichkina ziravorli idishlarni, yormalar, soda, shakar yoki tuz uchun shisha yoki plastik idishlarni saqlash juda ham qulay. Umuman aytganda, bu yerda doimo qo’l ostida turishi lozim bo’lgan narsalar saqlanadi.

Shkaflar orasidagi bo’sh joylardan o’z manfaatingiz uchun foydalanib, hatto befoyda bo’shlikdan ham foydali turar joy yaratishingiz mumkin. Bu yerga turli mayda-chuyda buyumlar uchun qulay surilma panel yoki bir necha uyacha o’rnating. Panel juda qulay bo’lib chiqadi va interyer ham saranjom-sarishta bo’lib qoladi.

Qoshiqlar, sanchqilar, pichoqlar va boshqa stol anjomlari turli bo’lmalarga ajratilgan bo’lsa, ularni topish uchun ko’p vaqt sarflab yurmaysiz. Turli kattaliklardagi bo’limlarga ega plastik shaklni harid qiling va har safar qoshiq, sanchqi yoki pichoq kerak bo’lganida buning naqadar foydali buyum ekanligiga o’zingiz ham guvoh bo’ling.

Oshxonada likoplar ko’p bo’lmaydi, ammo ularning hammasidan ham kundalik sharoitda foydalanavermaymiz. Oilaning har bir a’zosi uchun bir-ikki likop tanlab oling-u, qolganlarini shkafga olib qo’ying, unda ham yaxshisi, likoplar uchun organayzerga maxsus joylashtirib chiqing. Uni tayyor xolatda harid qilish yoki o’z qo’llaringiz bilan tayyorlashingiz mumkin.

Oshxona kichkina bo’lganida, ortiqcha narsalarni sizga xalaqit bermasligi va interyerni buzib ko’rsatmasligi uchun ularni ko’zdan nariroqqa olib qo’ygingiz keladi. Bunday paytlarda shkaflarning ichki taraflarini ishga solish kerak. Bu g’oya ziravorli idishlarni saqlash juda mos keladi.

Muzaltgichdan biror narsa topishni istasangiz tarbibsizlik tufayli kerakli mahsulotni topa olmay xunob bo’lasiz. Bu erda yo’q narsaning o’zi yo’q, eng dahshatlisi ularning barchasi tartibsiz holatda. Biror narsani sovutgichdan ikmon qadar tezroq topib olish uchun ularni shaffof konteynerlarda saqlashni o’zingizga odat qilib oling. Shunda taom ham o’zining xushbo’y hidini, yangiligini, xususiyatlarini yo’qotmaydi, o’zingiz esa kerakli narsani tezda topib olasiz.

Odatda oshxonada faqat krupali idishlar, likoplar, ziravorlar va stol anjomlarini emas, balki yassi idishlarni saqlash uchun ham alohida joy kerak bo’ladi. Ular uchun pastki surilma qutini ajrating. Yassi idishlar konteynerlar bilan aralashib ketmasligi uchun esa ularga qulay ajratgichlar ham yasab qo’ying.

Har bir bekaning oshxonasida pishiriq uchun kamida o’nta qolip bo’lishi tabiiy. Ular qatoriga tunuka tovalarni ham kiritish mumkin. Ushbu buyumlarni saqlash gohida ortiqcha bosh og’rig’ining o’zginasi bo’ladi, ayniqsa, oilada mazali pirog, tort va pirojniylar sevgan insonlar bo’lsa. Bunday kulinar anjomlar uchun vertikal holatda saqlashni odat qilib oling. Buning uchun shkaflar orasidagi bo’shliqdan foydalaning yoki pastki surilma qutiga ajratgichlar o’rnating.

O’z hayotingizni imkon qadar qulaylashtirishga intiling. Kichkina oshxonada shkafchalarning dastaklaridan sochiqlarni quritish maqsadida foydalaning. Faqatgina sochiqlar iloji boricha ixcham bo’lib ko’rinishi kerak.

Pishiriqlar to’g’risida gap borayotganida o’qlovdan foydalanmaslikning hech iloji yo’q. Ammo kichikina bir oshxonada, shkaflar shunday ham to’lib yotgan bir paytda unga qaydan joy topish mumkin? Buning uchun oshxona garniturining o’ziga dastak o’rantishga harakat qiling. Bu juda o’ziga xos va ajoyib ko’rinadi.

Oshxonadagi magnitlar – uy bekalari uchun ajoyib topilmaning o’zginasi! Ular ko’p hollarda sizga qulaylik tug’diradi. Masalan, tokchalarda va shkaflarda joy egallamasligi uchun qoshiqlarni saranjomlik bilan saqlashga, qo’l ostida ziravorlarni shay bo’lib turishiga, hattoki, bankalardagi krupalarni ham saqlash uchun katta yordam beradi.

Oshxonadagi har bir bo’shliqdan, hatto shift va osma shkaflar o’rtasidagi bo’sh joydan ham juda o’rinli foydalansa bo’ladi. Shunday qilingki, undan foydalanish juda mos ko’rinishda bo’lsin. Masalan, u yerga qutilar yoki savatlarni joylashtirib, ularning ichiga kam foydalaniladigan, ammo sezilarli joy egallaydigan narsalaringizni solib qo’ying.

Saranjomlikni sevuvchi bekalar uchun yana bir g’oya. Bo’tqa, un va boshqa sochiluvchan mahsulotlarni saqlash uchun qutilar va paketlarni tashlab yuboring. Ularni saqlash uchun eng yaxshisi plastik konteynerlar va bankalarga joylashtirishdir. Bu juda qulay va ko’rkam bo’libgina qolmay, oshxonangizdagi joyni tejab qolish imkonini yaratib beradi.

Idish yuvish gubkalari, lattalar va boshqa vositalar interyerni buzib ko’rsatishi mumkin. Ular uchun yashirin saqlash tizimini topishga xarakat qiling. Masalan, rakovina, ya’ni yuvish shkafining ostidan. Agar bu ham sizga qulay bo’lmasa, unda oshxona uchun gubka va boshqa tozalik vositalarini saqlash moslamasini sotib oling hamda barcha vositalarni uning ichiga solib qo’ying.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish