Kanal
Texnologiya

Smartfonning umrini uzaytiradigan 10 amaliy maslahat

Smartfonning umrini uzaytiradigan 10 amaliy maslahat

Keraksiz habarnomalarni imkon qadar o’chirishga xarakat qiling, chunki ular ko’p energiya sarflanishiga olib keladi. Bundan tashqari, ko’pincha push-habarnomalar uskunangiz zahiralariga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Xatto eng ilg’or uskunalarga ham dam berish kerak, shuning uchun goh-gohida, jumladan tun paytida yoki hech bo’lmasa bir-ikki soatga uni o’chirib qo’ying. Bunday harakatlardan keyin uning ishlash samaradorligi sezilarli darajada ortadi.

Ekran yorug’ligining pasaytirilishi shunday natija beradiki, uning quvvati ancha uzoqroq muddatga yetadi. Bundan tashqari, bu smartfon egasi ko’zining nuriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Bu vazifalarni ulardan foydalanmagan paytda o’chirib qo’ying. Akkumulyator ular uchun quvvatining ko’p qismini sarflaydi va niyati buzuq odamlarga sizning shaxsiy ma’lumotingiz uchun yo’l ochib beradi.

Xattoki eng mustahkam telefonlar ham ob-havo sharoitlaga nisbatan o’ta bardoshli bo’lsa olmaydilar. Shu sababga ko’ra, mutaxassilar smartfonni quyosh charaqlab turganda yoki kuchli ayoz paytida cho’ntak yoki sumkadan zaruratsiz chiqarmaslikni tavsiya etadilar. Yuqori namgarchilik sharoiti ham huddi shunday tarzda telefonning ishida o’z salbiy ta’sirlarini namoyon qiladi, shuning uchun, bu qoidaga ko’chada qor yoki yomg’ir yoqqan paytda ham albatta amal qilinishi kerak.

Mutaxassislar geolokatsiya optsiyasini o’chirish va uni zaruratsiz ishlatmaslikni tavsiya qiladilar. Bu smartfondagi akkumulyatorning quvvatiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ayrim g’alamis kimsalar sizning hozirgi paytda qaerda ekanligingiz to’g’risidagi ma’lumotga aynan shu orqali ega bo’lishi mumkin. Bu esa xavfsizlik qoidalariga sira ham to’g’ri kelmaydi.

Ishonchli manbalardan bu xaqda ko’plab ma’lumotlarni topish mumkin. Ularga qaraganda zamonaviy smartfonlarni 100% lik quvvat bilan "oziqlantirish"dan ko’ra, uni 40-80% gacha quvvat bilan to’ldirish ancha "foydaliroq" emish.

Batareyani quvvat tamom bo’lguniga qadar ishlatishni faqatgina yangi smartfon uchungina qo’llash mumkin. Undan keyin, yaxshisi, telefon quvvatini nazorat qilib, vaqtida zaryad qilib turish va tamomila zaryadsiz qoldirmaslik lozim.

Original quvvatlash moslamasining arzon analogidan foydalanish — smartfonning "sog’lig’i"ga salbiy ta’sir ko’satishi mumkin. Birinchidan, bunday moslamalar yuqori sifatga ega emas va tezda ishdan chiqadi, ikkinchidan, ular aloqa vositangizning akkumulyatoriga o’ta yomon ta’sir ko’rsatadi.

Smartfonning razyomlari doimo cho’ntakdan, sumkalardan va boshqa changli joylardan ilashtirilgan chang zarralaridan aziyat chekadi. Aynan shunday holatlar smartfonning buzilishiga sabab bo’lishi ham mukmin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun esa barcha razyomlarni havoga to’ldirilgan ignali shprits yordamida ehtiyotkorlik bilan tozalab turish maqsadga muvofiq.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish