Dunyoning 10 nafar eng noodatiy mehmonxonalari

Oksfordning sobiq qamoqxonasi sobiq maxbuslar faqat orzu qila oladigan shoxona xayot uchun mehmonxonaga aylantirildi. Mehmonxonada tahminan 100 nafar ha-shamatlari xonalar, bir necha barlar mavjud.

Dastlabgi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, noyob suvosti mehmonxonasi Floridadagi Ki-Largo suvosti bog’ida joylashgan. Mehmonxonaga faqatgina 6 metr chuqurlik-dagi suv ostiga sho’ng’ibgina kirish mumkin. Ikki juftlikka mo’ljallangan meh-monxonada yashash uchun barcha zarur narsalar: dush, mikroto’lqinli pech va so-vutgich bor.
Mehmonxona ayniqsa baliqlarga juda yoqadi. Farishta-baliqlar, to’ti baliqlar, barrakudalar va okunlar mehmonlarni illyuminator oyna orqasidan tomosha qiladilar. Mehmonlar esa dengizda istiqomat qiluvchilarning bunday e’tiboridan faqat xursand bo’lishadi.

Bu yerda mehmonlarga Dunay daryosi bo’yidagi beton quvurning ichida tunash imkoni taklif etiladi. Diametri ikki metr va balandligi ikki yarim metr bo’lgan suv quvuri oyna va eshik bilan jihozlangan. Ichki anjomlar krovatoldi lampasi, matras, ko’rpa va uyqu qopini o’z ichiga oladi.
Narxlari aniq belgilangan dam olish boshqa maskanlardan boshqalaridan farqli o’laroq bu yerda o’zini Diogen deb xis qilish uchun har kim qancha to’lashi kerakligini o’zi hal qiladi.

Yorqin tabiiy voqealar ishqibozlari ushbu muz devori orqali shimol tungi yog’dusini kuzatishlari mumkin. Shimoliy qutb xalqasi ostida joylashgan Shimoliy Finlyandiyada muz va shishadan qurilgan imoratlari juda issiq va qulay.

Ushbu ajoyib mehmonxonaning muallifi shved musavviri hisoblanadi. U Stok-golmdan juda uzoq bo’lmagan Melaren ko’lida joylashgan va ko’rinishi suv ostiga sho’ng’ish uchun qurilgan kichik bir omborxonani eslatadi. Kulbaning polidagi qopqoqli tuynukni ochib mehmon yotoqxonaga – suv ostida joylashgan, ammo suv o’tmaydigan kameraga kirishi mumkin.

Turistlarga oldindan issiq kiyimlarni tayyorlab qo’yishni tavsiya qilinadi, chunki Yukkasyarvida qishda harorat 35°C daraja sovuqqacha tushishi mumkin. 59 xonali mehmonxonada kinoteatr, sauna, badiiy gallereya, kichik ibodatxona va ichimliklar bari bor. Muzdan tayyorlangan matrasda uxlash tasavvur qilgandagina sovuqday ko’rinadi, chunki krovatlar bug’u terisi bilan qoplangan, to’shak jildi vazifasini esa uyqu qoplari bajaradi.


Matera shahridagi to’rt yulduzli mehmonxona mexmonlari 9000 yil avval yashagan ajdodlari kabi xali hamon g’orlarda yashashi bilan maqtanishlari mumkin. Qoya ichida o’yib chiqarilgan sobiq otxona va ustaxonalardan endilikda badiiy gallereyaning xonalari va restoranlar sifatida foydalaniladi.
Andalusiyaning hayratga loyiq go’shasida zaytun daraxtlari orasidagi o’tovlar joy-lashgan. Bu yerda odamlar tongni qo’ng’iroq bongi va qushlar sayrashi ostida, oq-shomni esa tog’larning fusunkor ko’rinishini kuzatgan holda qarshi oladilar.

Kusko shahridagi XVI asr monastiri o’rnida barpo etilgan mehmonxona dengiz sa-thidan 3000 metr balandlikda joylashgan. Mijozlarni tog’ kasalidan xalos qilish uchun xonalarga maxsus sistema yordamida kislorod yetkazib turiladi. Taniqli in-sonlarni joiz bo’lgan qiyinchiliklar cho’chitmadi. Mehmonxonaga tashrif buyur-ganlar ichida Leonardo Di Kaprio, Djeyn Fonda, Jizel Bundxen va boshqa yulduzlar ham bor.

Parijdan 90 daqiqali yo’l olisligida joylashgan Bua-de-Landridagi yog’ochli uylar to’g’ridan to’g’ri dub daraxtlarida qurilgan va arqonli ko’priklar hamda narvonlar tizimi bilan o’zaro bog’langandir. Mijozlarni tabiat bilan yanada yaqinroq jipslash-tirish maqsadida ularga na elektr, na vodoprovod xizmatlari taqdim etiladi.
Shuni aytib o’tish lozimki, mehmonxonani fasadi va obodonlashtirilgan hududi unga doim ham fayz kiritavermaydi. Gohida (va bu ko’pchilik hollarda) texnik ta’minlanganlik, mehmonxonaning zamonaviy jihozlari insonni aynan shu joyni tanlashga undaydi. Qanday mehmonxona tanlash va qanday sarguzashtlarni bosh-dan kechirish esa har kimning o’z qo’lida.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.