Oshxonaningiz uchun noodatiy gadjetlar

Gubka uchun mo’ljallangan ushbu ajoyib “karavotcha” oshxona interyerini to’ldirish uchun ham xizmat qiladi. Oshxona gubkalarini shunchaki rakovina yonida qoldirmasdan, kayfiyatni ko’taruvchi ushbu “karavot” ichiga joylashtirishga nima deysiz?

Har birimiz buterbrod iste’mol qilish chog’ida birozgina avval sovutgichdan olingan sariyog’ni non ustiga bir tekisda surtib bo’lmasligini yaxshi bilamiz. Ushbu muammoni esa diqqatingiz markazidagi mazkur pichoqcha yordamida hal qilish mumkin. Ushbu pichoq yengil qizdiruvchi xususiyatga ega bo’lib, sariyog’ni bir daqiqa ichiga yumshatadi va non ustiga mukammal hamda tekis ko’rinishda surtib beradi.

Ushbu vosita yordamida bir emas, bir necha ishlarni bajarish mumkin. Butilka yoki konserva ochish deysizmi, qattiq yopilib qolgan qopqoqlarni aylantirishmi, qattiq paket o’ramlarini ochish deysizmi – barchasini bir zum ichida bajaradi. U har qanday bekaning sevimli buyumlaridan biriga aylanishi mumkin.

Ushbu aksessuar yordamida istalgan turdagi buyumni “qo’l ostida ushlab turish” imkoni bor. Qozon va tova qopqog’i, qoshiq yoki kapkir shular jumlasidandir.

Ushbu vosita ichiga qattiq cho’tka o’rnatilgan bo’lib, uning yordamida sanoqli daqiqalar ichida oshxona anjomlarini top-toza ko’rinishga keltirish mumkin.

Ushbu noodatiy grafin ichidagi choy shamasi, meva va muz bo’laklarini olib tashlash imkonini beradi. Unga choy damlash ham, idish ichida kompot va boshqa turdagi ichimliklarni saqlash ham qulay.

Maxsus tig’ga ega ushbu pichoq qovunni shunchaki kesibgina qolmay, uning po’stini tozalab, urug’larini olib tashlashga ham yordam beradi.

Go’shtni to’qmoqlashga mo’ljallangan oshxona bolg’achalari o’tmishda qoldi! Buning o’rniga ishingizni osonlashtiradigan va go’shtni ham sifatliroq to’ymoqlab beradigan ajoyib vosita yaratildi.

Ushbu qolip yoramida kotlet va turli-tuman nachinkalarni osonlikcha bir hil ko’rinishga keltirish mumkin. Vosita maxsus qolip, olinadigan kurakcha va kotletni bosish uchun mo’ljallangan qopqoqdan tashkil topgan.

Xamir o’lchamlarini aniq belgilashda bunday jo’va sizga ko’mak berishi aniq.

Ushbu apparat yordamida qaynatilgan guruch, balki va boshqa turdagi mahsulotlarni ham mukammal ko’rinishdagi roll shaklida o’ray olasiz.

Ushbu vosita bilan chuchvaralarni sifatli tarzda va bir hil ko’rinishda tugib chiqish mumkin.

O’lcham xususiyatiga ega ushbu qoshiq idish yuzasidagi yegulikni unga zarar yetkazmasdan ajrata oladi.

Shisha idishlar uchun yaratilgan ushbu vosita bir martalik qopqoqlar o’rnini osonlikcha bosa oladi.

Ushbu tova yordamida pishirilgan har bir blinchik mukammal ko’rinishda va bir hil o’lchamda bo’lib chiqadi.

Pazl ko’rinishidagi taxtakachni alohida ham, birlashtirgan holatda ham ishlatsa bo’ladi.

Ushbu moslama bilan go’shtni shashlik uchun munosib tarzda tez to’g’rab olish va sixlarga tergancha marinadlash mumkin.

Ushbu oshxona vositasi silikon cho’tka bilan jihozlangan bo’lib, uning yordamida o’simlik yog’ini istalgan yuzaga bir tekisda surtib chiqish mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.