Kanal
Qiziqarli

Boshqa maqsadlarda o’ylab topilgan va o’z vazifasini o’zgartirgan 15 buyum

Boshqa maqsadlarda o’ylab topilgan va o’z vazifasini o’zgartirgan 15 buyum

AQSHdagi fuqarolar urushi veterani, farmasevt Jon Pemberton kola yong’og’i va koka barglaridan nastoyka tayyorladi. U mazkur vosita yordamida harbiylardagi asab tizimi buzilishlarini davolash, yaralangan paytda qo’llash mumkinligi aytdi. Keyinroq esa alkogolsiz ichimliklar chiqardi va o’z aksiyalarini sotib yubordi. Ixtironing yangi sohiblari esa tozalangan holatdagi “Koka-Kola” sotuvini yo’lga qo’ydilar.

O’tgan asrning 20-yillariga qadar qora ko’ylak ayollar va erkaklar tomonidan motam ramzi sifatida, ko’p hollarda 2 yil davomida kiyib yurilgan. Ammo 1926 yili Koko Shanel tomonidan mashhur “Shanel Fordi” yaratilgach, ko’ylak kino aktrisalarining e’tiboriga tushdi. Shunday qilib libos butun dunyoda mashhur bo’lib ketdi.

Rok guruh barabanchisi sifatida faoliyat olib borgan Daysuke Inoue kafedagi chiqishlari orasidagi tanaffuslar qilib, kuylash istagida bo’lgan insonlar uchun musiqa chalib berib turar edi. Kunlardan bir kuni ishga kelolmay qoldi, hamkasblari esa uning musiqalari yozilgan kassetani yig’ilganlarga qo’yib berishdi. 1971 yilda esa matnsiz musiqalar ishlab chiqarila boshlandi. Muxlislar ko’ngil yozish uchun kuylagan paytlari musiqachilar biroz dam olish imkoniyatiga ega bo’lardilar.

Avvaliga plastilin qog’oz oboylarni va uy kaminlari oldida yig’ilib qoladigan qorakuyalarni tozalash uchun chiqarilgan. Ammo ixtirochining qarindoshlaridan biri, bog’cha tarbiyachisi va yana boshqa bir yaqini uning ajoyib buyum ekanligini anglab yetgan holda plastilinni bolalarga berishdi. Keyinchalik plastilin tarkibidagi bo’yoqlar va tozalovchi moddalar olib tashlandi.

1817 yili Vilyam Kyubitt zamonaviy yugurish yo’lakchalarini yodga soluvchi ixtiro yaratgan va uning yordamida turmadagi mahkumlar teshirmonda don tozalashgan. Ular qo’llariga tayyoq ushlab olgancha, oyoqlarini muntazam ravishda ko’tarib-tushirishga majbur edilar.

Spenser Silver kuchli yopishtiruvchi xususiyatga ega modda yaratmoqchi bo’lganda yelim ixtirochi kutilgan darajada kuchli bo’lib chiqmadi, ammo buyumlarni osongina yopishtirish imkonini taqdim etdi. Shunda uning hamkasbi Artur Fray yelimdan hamisha tushib ketaveradigan duo qog’ozlari uchun foydalanib ko’rdi. Oradan vaqt o’tib esa do’konlarda bugungi kunda butun dunyo ahli tomonidan qo’llaniluvchi qaydlar qog’ozi paydo bo’ldi.

Qadimgi Misrda baland poshnali poyabzallar diniy marosimlar chog’ida kiyish uchun mo’ljallangan va kishilarning obro’sidan darak berib turgan.

Bunday oyoq kiyimlarni ayollar bilan bir qatorda erkaklar ham kiyishgan. Ayrim joylarda baland poshna qassoblar poyabzali sanalgan bo’lsa, fors chavandozlari uni otishmalar chog’idagi barqarorlikni ta’minlab berishi uchun kiyib yurishgan. O’rta asrlarda baland poshnalar aristokratlar orasida tarqalgan, vaqt o’tgach esa yanada ommalashgan. XX asrga kelib mashhur shpilka poshnasi ixtiro qilingan.

Siz yaxshi biladigan pufakli plyonka 1957 yili injenerlar Alfred Filding va Mark Javannlar tomonidan uch o’lchovli plastik oboy ko’rinishida yaratilgan. Ammo ixtiro muvaffaqiyatsizlikka duch kelgach, Bubble Wrap tomonidan turli maqsadlarga foydalanish uchun patentlab olingan.

Qadimgi Mesopotamiyada bosh ostiga qo’yiladigan qattiq buyumlar insonni hasharotlar, suvdan himoya qilish bilan birga soch turmagini saqlash vazifasini bajargan. Qadimgi Xitoyda esa yumshoq yostiqlar foyda keltirmaydi degan tushuncha mavjud bo’lgan va bambuk, nefrit, sopol, bronzadan tayyorlangan yostiqlar insonga kuch berib, iblislarni haydaydi degan fikr asosida ommalashgan.

XIX asr o’rtalarida neft sanoati xodimlari nasos trubalarida yig’ilib qoladigan mumsimon modda bilan kurashar edilar. Ingliz kimyogari Robert Chezbro ushbu moddani tekshirish uchun olib, tadqiqotlar o’tkazgan va uning bir qator foydali xususiyatlarini aniqlagan. Uning foydalanish doirasi shunchalar kengki, vazelindan jarohatlarni davolashdan tortib, gilam tozalashgacha bo’lgan yumushlarda foydalanishadi.

“Kamalak” prujinasi aslida bolalar uchun ixtiro qilinmagan. Injener Richard Jeyms buyumlarning dovullar paytidagi vibratsiyasiga doir tekshirishlar ustida ishlayotgan payti tasodifan bir prujinani yerga tushirib yuboradi va u pol ustida quvnoq ko’rinishda sakray boshlaydi. Tez orada esa o’yinchoq do’konlarida James Spring & Wire Company tomonidan ishlab chiqarilgan “Kamalak” prujinalari paydo bo’ladi. Aniqlanishicha, bugungi qadar bu turdagi o’yinchoqlarning 300 mln donasi sotilgan.

1904 yilda Tomas Sallivan Nyu-Yorkda choyni yanada samaraliqroq ko’rinish – kichik paketchalarga solgan holda sotishga kirishdi. Haridorlar esa buni yangilik deb qabul qildilar va choyni paket ichidan chiqarmagan holda suv ichiga solib ko’rdilar. Natijada choy paketlari sotuvi haddan tashqari ommalashib ketdi.

1879 yili aka-uka Jonsonlar jarrohlik asbob-anjomlariga ishlov berish uchun antiseptik yaratdilar. Ixtiro jarroh Jozef Lister sharafiga “Listerin” nomini oldi. Avvaliga odamlar uni jarohatlarni davolash, qazg’oq va zamburug’larni yo’qotish uchun, stomatologiya sohasida va hatto dezdorant sifatida ham ishlatishdi. 1920 yilda paydo bo’lgan reklamalardan keyin esa ushbu mahsulot juda ommalashib ketdi.

Mikroto’lqinli pechni taomlarni isitish uchun o’ylab topilmagan ekanligini siz ham bilmasangiz kerak. Raytheon korporatsiyasi injeneri Persi Spenser radarlar uchun mo’ljallangan yangi asbobni sinovdan o’tkaza turib, nurlanish cho’tagidagi shokoladni eritib yuborganini payqadi. Shunda Persi megnetron ichiga popkorn soldi va u shu zahotiyoq otila boshladi. Bu haqiqatan asr ixtirosi edi!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar

Bunday maqolalarni yoqtirasizmi?

Har kuni eng qiziq maqola va faktlar Telegram kanalimizda.

Kanalga obuna boʻlish