Hayratga sazovor genetik anomaliya namunalari

Irsiy anomaliya bilan tug’ilgan insonlar o’z tashqi ko’rinishdagi farqlar uchun aybdor emaslar, albatta. Ularning o’zgalardan ajralib turadigan ko’rinishda yaratilishi ham inson xohishlariga ko’ra amalga oshmaydi. Shu sababli bunday insonlarni tushunish va ularga hurmat bilan munosabat ko’rsatish lozim.
Quyida genlar ta’siri ostida tashqi ko’rinishi boshqalardan juda katta farq qiluvchi insonlar haqida bilib olasiz.
Mazkur mutatsiya turi inson terisi, sochlar va ba’zan tirnoqlar rangini ham o’zgartiradi. Uning davosi esa mavjud emas.
Vitiligo bilan tug’ilgan Vinni Xarlou ayni kunda model sifatida faoliyat olib boradi. Uning negroid toifasiga mansub terisida oq rangli dog’lar hosil bo’lgan.

Ushbu egizaklar bitta tuxum xujayradan rivojlangan bo’lsalar ham, egizaklarning bir-biriga o’xshash bo’lishi kerakligi haqidagi qoidaga amal qilmagan holda ikki hil tashqi ko’rinishi bilan dunyoga kelishgan.

Bu turdagi mutatsiyaga duchor bo’lgan insonlarda tug’ilganidan boshlab terisining ayrim sohalarida dog’lar hosil bo’ladi va sochlarining ayrim tolalari oq rangga kirib qoladi.

Albinizm har xil etnik toifadagi insonlarda uchraydi. Bunday mutatsiya turiga mansub insonlarda tug’ilgandan teri, soch, ko’z qobiqlariga rang beruvchi melanin pigmenti yetishmaydi. Suratdagi qiz afroamerikalik, ammo albinizm sabab huddi yepropaliklar kabi ko’rinadi.

Vaardenburg sindromi bilan to’qnash kelganlarning peshona tepasidagi sochlari orasida oppoq tolalar bo’lib, tug’ma karlik, ko’zning rangdor pardasi geteroxromiyasi va telekant kuzatiladi. Suratdagi ona va o’g’ilning ko’zlariga e’tibor bersangiz, ularning mutlaqo o’zgacha ekanligini ko’rasiz.

Mazkur ko’rinishdagi anomaliyada insonning yuqori qovoqlarida qo’shimcha bir qator kiprik kiprik o’sadi.Pastki kipriklar esa qalinligi bilan odatdagidan ajralib turadi.

Suratdagi qizning ikki ko’z rangdor pardasi bir-biridan farq qiladi. Bunday ko’z egalarining nigohi bir qarashda kishini qo’rqitadi va hayratga soladi.

Silva Krus – dunyodagi eng baland bo’yli qiz. Bunday balandlik sabab esa gigantizm bilan tug’ilgan insonlardagi ochiq epifizar soha faoliyati bilan izohlanadi.

Ayrimlar inson iyagining ikki suyali bo’lishi qat’iy fe’l-atvordan darak beradi deb hisoblaydilar. Aslida bu genetik mutatsiya jarayoni natijasidir. Suratdagi qiz organizmida jag’ suyaklarining o’sishi uchun yordam beradigan gen mavjud emas.

Joriy holatning yuzada kelishi uchun MC1R oqsili javobgardir. Suratdagi qizaloqda ushbu holatning eng kuchli turi kuzatilgan.

Ko’zlar albinizmi o’ta noyob mutatsiya turi bo’lib, bunda albinizm holati faqatgina ko’zlarga ta’sir etadi. Insonning ko’rish qobiliyati a’lo darajada bo’lishi mumkin, ammo nigohlari huddi sehrlab qo’yilgandek taassurot uyg’otadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.