Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday ko’rinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

2018 yil ramzi sariq rang bo’lib, yil sohibasi bo’lmish Kuchuk aynan shu rangni ma’qul ko’radi. Ammo bu libos tanlashda boshqa ranglarga e’tibor qaratmang degani emas. 2018 yangi yil ranglari o’zining turli-tumanligi bilan kishi ko’zini quvnatadi.
Yer Kuchugi tabiatdagi bor ranglar: o’t-o’lan va daraxtlar timsoli bo’lmish yashil, quyoshga monand tillarang, yer ramzi bo’lmish jigarrang va kulrang tuslarni xush ko’radi. Yil timsoli moviy rangni xushlamaydi, ammo uni yashil yoki sariq rang bilan uyg’unlashtirsa ajoyib Yangi yil obrazi hosil bo’ladi.
Yangi yil libosini tabiiy toshlardan yaratilgan bezaklar bilan boyitish mumkin. Kuchuk Xo’roz yoki Ajdaho kabi bezaklarga o’ch emas, unga chaqnoq va yasama toshlar ham ma’qul, muhimi toshlar libosga mos kelsa va chiroyli ko’rinsa bo’lgani. Yog’och, ruh va bronzadan tayyorlanadigan taqinchoqlar ham yangi yil obrazingizni a’lo darajada to’ldira oladi. Ammo zanjir shaklidagi taqinchoqlar tanlashda ehtiyotkor bo’ling, kolye va chokerlarni esa umuman taqmagan ma’qul.
Yaxshisi bo’yinga taqiladigan taqinchoqlar o’rniga bilaguzuk, diadema, zirakka diqqat qiling.

Yangi yil uchun qanday ranglar tanlash kerakligini tushunib oldik. Endi qarshimizda bayramona obraz yaratish vazifasi qoldi holos. Buning uchun har bir burj vakili o’zidan kelib chiqqan holda ish ko’rsa ma’qul bo’ladi.
Qo’y burji vakillari uchun jozibadorlik va soddalik tushunchalarini o’zida jamlagan liboslar tavsiya etiladi. Bu borada yuqori yelka qismi ochiqroq, uzunligi polga yetadigan libosdan yaxshisi yo’q. Qo’y burji vakillari uchun ranglar palitrasi imkoni ham juda keng. Mazkur burj vakillariga zumrad, shokolad va qora ranglarga diqqat qaratish tavsiya etiladi. Tanlangan obrazni esa zargarlik buyumlari va chiroyli pardoz yanada mukammallashtiradi.

Astrologlar Buzoq burji vakilalariga yangi yil oqshomida yarq etib ko’zga tashlanishni tavsiya etmoqdalar. Buning uchun esa tillarang ko’rinishga ega libos tanlash kerak bo’ladi. Boshdan oyoq tillarang libos o’ta jo’shqin ko’rinish hosil qilishi mumkin, ayniqsa libos uzunligi polgacha yetsa. Shu sababli Kuchuk yili uchun tanlanadigan libosning biroz kamtarona va chiroyli, shu bilan birga tillarang iplar bilan tushirilgan kashtalarga ega bo’lishi tavsiya etiladi.
Bordi-yu gap yangi yil o’tirishlari ustida ketayotgan bo’lsa, futlyar bichimidagi ko’ylak yoki yubkaning retro modellaridan tanlashni tavsiya etamiz. Do’stlar davrasida o’tkaziladigan bazmlar uchun esa norasmiy ko’rinishdagi, tillarang yaltiroqlar bilan bezatilgan kalta oqshom ko’ylaklari va lyureksli trikotaj sviter ko’ylaklar mos keladi. Yelkasi pastga tushib turuvchi va yengsiz ko’ylaklar yoshlar davrasiga mos kelsa, obrazni to’ldirish uchun tanketka tufli va mustahkam poshnali bosonojka tanlanadi.

Egizaklar burji vakillari Yangi yil oqshomiga qanday ko’rinishda borishlari mumkin? Mazkur burj vakillari bu borada kichik murakkabliklarga duch keladilar. Astrologlar ularga kamtarona libos tanlashni tavsiya qilayotgan bo’lsalar-da haddan ortiq oddiy va sipo bichimga ega libos bazm chog’ida hunuk ko’rinadi. Biroq ushbu muammoga oddiy va sipo buyumlarni yorqin ham jilokor aksessuarlar bilan uyg’unlashtirgan holda yechim topish mumkin. Bunday to’plam Egizaklarga hos bo’lgan ikki tomonlamalik hususiyatiga urg’u beradi.
Libosning oddiy bichimi ko’zga tashlanib turadigan noodatiy dizayndagi taqinchoqlar bilan chiroyli ko’rinish hosil qiladi. Marvarid shodasi yoki ajoyib dizaynga ega kulon oddiylikni xush ko’rmaydigan Egizak burji vakillari uchun ayni muddaodir. Ha aytgancha, libos rangi yorqin, masalan, och yashil, sariq yoki korall ko’rinishida bo’lishini ham hisobga oling.

Qisqichbaqa burjiga mansub ayollar uchun astrologlar ularning sirlilik jihatiga urg’u beradigan libos tanlashni tavsiya qilmoqdalar. Bunday ko’rinishga erishish oson emas, ammo bu borada tajribali stilistlar maslahati yordam beradi. Qisqichbaqa burji vakilalariga mos keluvchi retro liboslarni yodga olamiz. Vualli shlyapa ham qiyofangizni jozibador, sirli va ajoyib qilib ko’rsatadi.
Agar bu ko’rinishdagi obraz sizga ma’qul kelmasa sharqona uslubga hos liboslarga ham diqqat qaratishingiz mumkin. Silliq matolar, tillarang gazlamalar, kashtalar – sizni oqshom chog’ida betakror ko’rsatadi.

Mazkur burj vakillari uchun ko’p bezakli liboslar mos keladi. “Arslonlar” yil sohibasi bo’lmish kuchukka ma’qul tarzda qanday libos kiyishlari lozim? Bu borada olovrang, tillarang, sariq, qizil rangli liboslaрga diqqat qaratishni tavsiya etamiz.
Arslon burji vakilalari yaltiroq toshli diademalar, tilla bilaguk, gulli soch to’g’nag’ichlarini ham mohirlik bilan taqa oladilar. Ulardagi yetakchilik hislatini “Suv parisi” bichimidagi va fatindan ishlangan harir ko’ylaklar ochib bera oladi.
Nafaqat ko’ylak, balki poyabzallar ham yaltiroq ko’rinishda bo’lishi mumkin. Strazli tufli yoki stelyarus bilan bezatilgan bosonojka yangi yil oqshomingizni ajoyib tarzda to’ldiradi. Muhimi, yaltiroq naрsalarning o’ta ko’payib ketmasligiga e’tibor bering.

Sunbula burji vakilalari hamisha did bilan kiyinish borasida yetakchi bo’lib kelganlar. Ular oddiy dizayndagi betakror liboslarni xush ko’rishadi. Ajoyib didingizni namoyish etish uchun qanday libos tanlash kerak? Mazkur savolga quyida kerakli javobni olasiz.
Sunbula burji vakilalari uchun nafis rang va silliq gazlamalar tavsiya etiladi. Shoyi va atlas matolari yangi yil oqshomida Sunbulalarni betakror ko’rinishga kiritadi.
Barxatdan tikilgan liboslar ham qiziqarlilik boрasida avvalgilaridan qolishmaydi. Ular yorug’lik darajasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar o’z ko’rinishini yo’qotmaydi. Libos bichimi va yorqin rang eng oddiy libosga ham hashamatli va jozibador ko’rinish bera oladi.
To’plam mukammalligi uchun laklangan tulfi, qattiq klatch talab etiladi. Sunbula burji vakilalari obrazida haddan ko’p taqinchoqlarlar bo’lmagani ma’qul. Shu sababli faqatgina zirak yoki bilaguzuk bilan cheklansangiz kifoya.

Astrologlar tarozi burji vakilalari uchun jiddiy ranglar palitrasini taklif etadilar. Stilistlar esa mazkur burj vakilalariga mo’ynali liboslarni tavsiya etmoqdadar. Bugungi kunda ko’plab moda uylari jonivorlar mo’ynasidan voz kechgan holda ekomo’ynadan liboslar yaratishyapti. Ular nafaqat jonivorlar hayotini saqlab qoladi, balki ajoyib dizayni bilan ham diqqatga sazovor bo’ladi.
Mo’yna o’rniga pat va pardan foydalanish ham mumkin. Ammo shuni yodda saqlash kerakki, mo’yna va pat obraz asosi emas, shunchaki bezak bo’lishi lozim. Bezak libosning yoqa, manjet va yon qismlarida bo’lgani ma’qul. Rangli patlardan iborat soch to’g’nag’ichlari va pomponli sumkalar ham sizga qo’l keladi.

Mazkur burj vakilalari libos tanlash borasida boshqalarga nisbatan g’arioddiy tanlovlarni ma’qul ko’rishadi. Bayram uchun mo’ljallangan liboslar tanlovi borasida esa barcha chegara va shartlar chetga chiqdi. Ularning qay rangda libos kiyishlarini ichki ovozlari aytib turadi, zero ular boshqalarning tavsiyalariga ko’ra libos tanlay olmaydilar.
Mazkur burj vakilalarida tabiatan jozibadorlik mavjud bo’lib, libos orqali unga urg’u berilsa, yanada yaxshi. Haddan ortiq bachkana va omadsiz liboslar yangi yil oqshomi uchun ham tavsiya etilmaydi. Eng yaxshisi, ular futlyar bichimidagi ko’ylak, karandash yubka va рetro uslubga hos bluza, shuningdek old qismi burmali libos tanlasalar bo’ladi.

O’qotar burji vakilalariga shaffof, yengil va nafis liboslar yarashadi. Ularning ayollik go’zalligini ko’rsatib berishda esa biroz pastga tushib turadigan elkalar, drapirovka, ko’p qavatli etak va burmalarning o’rni katta. Tafta va fatin ko’ylaklar ham mazkur burjdagilarga juda yarashadi.
Ranglar borasida pastel tuslar eng yaxshisidir. Bunday ranglar obrazni romantik va o’ynoqi ko’rinishga keltiradi. Oq rangli teri sohibalari kontrast rangli liboslarni tanlaganlari ma’qul. Och jigarrang va yashil tusdagi liboslar yangi yil obrazini mukamallashtiradi, tillarang aksessuarlar esa unga hashamat bag’ishlaydi.

Tog’ echkisi burji vakilalari uchun bir rangdagi liboslarni turli koloritga ega taqinchoqlar bilan kiyish tavsiya etiladi. Shuningdek, toshli bilaguzuk va marvaridli ziraklar haqida ham o’ylab ko’rishingiz mumkin.
Gulli printga ega maksi ko’ylaklari mazkur burj vakillari uchun mos kelib, stilistlar boshqa floristik naqshlar ham obrazni mukammallashtira olishiga qaramay aynan gulli printga e’tibor berishni ta’kidlaydilar.
Oqshom ko’ylagi tanlashda bazm uslubini hisobga oling. Do’stlar davrasidagi uchrashuvga mayda gulli kalta ko’ylak, hashamatli bazmlar uchun uzun ko’ylaklar mos keladi.

Qovg’a burji vakilalari bazm uchun kino aktrisalari kabi obrazlarni amalda takrorlab ko’rishlari mumkin. Gollivud uslubidagi libos obrazingizning yodda qolarli bo’lishi uchun xizmat qiladi. Agar bazm uslubi imkon bersa, shleyfli ko’ylak ham tanlasangiz bo’ladi.
Gollivud obrazining o’ziga hosliklaridan biri baland poshnali tufli yoki bosonojka bo’lib, bir rangdagi libos qizil pomada bilan amalga oshirilgan ajoyib pardoz ila mukammal ko’rinadi.

Endi faqat baliq burji vakilalari uchun Yangi yil libosi tanlash masalasi qoldi. Feruzarang, to’rli krujevalar, baliq tangachalarini yodga soluvchi pistonlar yordamida baliq burji vakilalari bazm uchun ajoyib obraz yarata oladilar. Ixcham qomat sohibalari esa bando uslubidagi liboslar haqida o’ylab ko’rsalar bo’ladi.
To’rli yopinchiq yoki bolero ham haddan ortiq oshirib yuborilgan obrazlar kamchiliklarigi berkitishga xizmat qiladi. Tantanalar uchun esa “suv parisi” bichimidagi liboslar ayni muddaodir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.